Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

material 
sig‘imdorligi
bilan belgilanadi. Material sig‘imdorligi loyihada ko‘zda tutilgan 
turli hajmiy–tarh va konstruktiv yechimlar, ularni amalga oshirishda xilma-xil 
materiallar (yer, temirbeton, yog‘och, plastmassa, to‘kiluvchan materiallar va 
ko‘plab boshqalar)dan foydalanish asosida hal qilinadi. Yuklash va tushirish 
ishlari hamda tashish jarayonlarida ko‘p miqdorda mehnat sarflanadi va 
transport vositalari jalb qilinadi. Bundan tashqari qurilishda kata material 
sig‘imdorligi materiallarning kafolatlangan zaxiralariga ega bo‘lishni 
qiyinlashtiradi. Albatta, bu holat sanoat ishlab chiqarishida ham kuzatiladi. 
Shuningdek, materiallarning bir qismi (masalan, tovar sifatidagi qorishma
eritmalar) omborda saqlanmaydi va ular tayyorlanganidan keyin 1–2 soat 
davomida ish joyiga yetkazib berilishi talab qilinib, bu o‘z navbatida qurilish 
jarayonini transport vositalariga bog‘liqlik darajasini yanada oshiradi.
Bu qonuniyatlar qurilishga va uning barcha bosqichlari uchun birday xos 
bo‘lib, iqtisodiy tizimga bog‘liq hisoblanmaydi. 
Qurilish ishlab chiqarishining to‘rtinchi o‘ziga xos xususiyati – bu oldin 
sanab o‘tilgan har uchta o‘ziga xos xususiyatdan kelib chiqqan holda, 
statsionar 
zavod sharoitidagi ishlab chiqarishdan qurilish maydoni ishlab 
chiqarishiga yetkazib berilish tendensiyasi
bilan bog‘liq bo‘lib, bu, o‘z 
navbatida, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan salbiy omillar ta’sirining kuchsizlanishini 
belgilab beradi. Qurilish ishlab chiqarishi rivojlanishining asosiy yo‘nalishi– 
industrial uslublarning takomillashtirilishi bo‘lib, bunda qurilish yig‘ish–montaj 
maydoniga aylantiriladi va bu yerga zavoddan maksimal darajada tayyor holdagi 
yiriklashtirilgan 
yig‘ma 
elementlar 
olib 
kelinadi. 
Qurilishning 
industriallashtirilishi qurilish industriyasi sohasining (temirbeton, metall 
konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodlari va boshqalar) tashkil qilinishi va 
takomillashtirilishini belgilab beradi. Bu holat qurilishda mehnat unumdorligi
 


31 
ortishiga olib kelib, bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos boshqaruv qiyinchiliklarini 
vujudga keltiradi.
Qurilish ishlab chiqarishining yakuniy ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lgan 
bino va inshootlarni barpo etishda turli xil sohalarga (industrial ishlab chiqarish 
– transport – qurilish) uzviy bog‘liq va bu boshqaruv jarayoni uchta boshqaruv 
markazi tomonidan amalga oshirilishini anglatadi.
Uchta asosiy va ko‘p sonli boshqa qurilish ishlab chiqarish, boshqacha 
aytganda, konveyeri ishtirokchilarining bajarayotgan ishlarini uyg‘unlashtirish 
zarurati kelib chiqadi – bu esa ishlab chiqarishni tashkil qilishda nisbatan 
murakkab va asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi.
Qurilishning o‘ziga xos beshinchi xususiyati –

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin