Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
1.2. Qurilish davrlari
 
 
Qatnashchilarining o‘rni va roliga qarab qurilishni ikki davrga bo‘lish 
mumkin: tashkiliy texnologik (TT) va qurilish davri (QD). Ularning har biri 
yana ikki bosqichga bo‘linadi: TT1; TT2; qurish; foydalanishga topshirish. 
TT1 va TT2 bosqichida asosiy rolni buyurtmachi o‘ynaydi. Davlat rivojlanish 
dasturi yohud bozorni o‘rganish tasodifiy sabablarga ko‘ra biror bino, inshoot, 
bino va inshootlar majmui qurilishiga oid fikr shakllanadi, ya’ni 
g‘oya
paydo 
bo‘ladi. Bu g‘oya 
tahlil
natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
G‘oyani texnik va iqtisodiy 
asoslash
kerak bo‘ladi. Misol tariqasida yirik 
shahardagi bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktabni olish mumkin.
Tuman ta’lim boshqarmasida mahalla, mavze yoki tuman hududiga oid 
ma’lumotlar olinganida tahlil har bir guruh, sinfda bolalar soni me’yordagidan 
ortiqligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari demografik ma’lumotlarga ko‘ra yana 
ehtiyoj borligi aniqlandi. Bolalar yoshiga qarab ehtiyojni aniq raqamlar bilan 
ifodalanadi. Masalan, 3 ta maktabga tayyorlov guruhi, 2 ta birinchi, 4 ta ikkinchi 
sinflar ochilishiga ehtiyoj bor. Bularga qarab murabbiy, yordamchi va 
boshqaruv xodimlari soni aniqlanadi. Bu buyurtmachi tomonidan kelajakda 
ta’lim muassasasi binosiga bo‘lgan texnik talablarni shakllantirishga asos 
bo‘ladi. Bungacha qurilish, ya’ni sarflar iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini oqlashini 
aniqlash lozim. 
Sarflar bino narxi va yildan yilga ko‘payib boradigan joriy sarflardan 
shakllanadi. Joriy sarflar xodimlar maoshi, elektr energiya, suv, soliqlar va 
boshqa sarflaridan shakllanadi.
Binoning narxi shu maqsadlarda yaqin vaqtda qurib foydalanishga 
topshirilgan binoning bir o‘quvchi joyiga yoki bir kvadrat metrga yoki biron bir 
boshqa fizik o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narxidan kelib chiqib aniqlanishi 
mumkin (Narx = Hajm * O‘lcham birligiga mos narx). 


26 
Sarflar qoplanish vaqti sarmoyalar (investitsiyalar)ning qoplanishi 
(qaytarilishi) va me’yor (talab) bo‘yicha daromad keltirilish vaqtidan oshmasligi 
kerak. Bu kapital qo‘yilmalari samaradorligi koeffitsienti bilan aniqlanadi 
(Е=1/T
o
). Ye ning qiymati kapital qurilishda 0,12 ga, ya’ni 8 yilga teng. Xalqaro 
banklar, fondlar sarmoya berishganda ijtimoiy qiymati yuqori bo‘lgan 
loyihalarga (sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti, ta’lim va sh.k.) sarmoyalar 
oqlanish vaqtini 10-15 yil qilib belgilashi ham mumkin. Xullas, loyihani 
iqtisodiy asoslash
da investitsiyalar manbaidan kelib chiqish kerak bo‘ladi. 
Investitsiya manbai (byudjet, mahalliy, homiy, kredit) aniqlanganida 
buyurtmachi davlat boshqaruv organiga (hokimiyat) murojaat qilib, 
qurilishga
joy
so‘raydi. Ajratilgan joyga suv, elektr energiya olib kelishni hokimiyatning 
mos bo‘linmalari bilan kelishilgan chizmasini, texnik vazifa (talab) lar bilan 
birga loyihalovchi (konsalting) tashkilotini tanlash uchun 
tender
ga beradi. 
Tenderda yutib chiqqan tashkilot bilan 
shartnoma
tuziladi va loyiha ishlab 
chiqiladi.
TT2 bosqichida buyurtmachi asosiy rolni o‘ynasa ham 
loyihalash 
jarayonida loyiha tashkilotining o‘rni katta. Loyihalash bir yoki ikki bosqichdan 
iborat. Ikki bosqichli loyihalash noyob, murakkab, katta qurilishlarga munosib. 
Bunda birinchi bosqichda 
texnik loyiha
ishlab chiqiladi. Uning tarkibiga 
arxitektura qurilish yechimlari, quriladigan majmuaning bosh tarhi, smeta hisobi 
kiradi. Texnik loyiha tarkibida qurilishni tashkilqilish loyihasi (QTL (ruscha 
POS)) alohida ishlab chiqiladi. 
QTL tarkibida qurilishning yiriklashgan taqvimiy rejasi, umummaydon 
bosh tarhi tuziladi, resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanadi. 
Loyihalashning ikkinchi bosqichida 
ishchi chizmalar
ya’ni konstruktiv 
yechimlar hisob asosida aniq o‘lchamlarda chizma shakliga keltirib kerakli 
ashyo, buyumlar turi, markasi va hajmi bilan ifodalanadi va qurilishning smetasi 
tuzilib ekspertizaga beriladi
.


27 
Ekspertiza
davlat nazoratiga oid jarayon. Ekspertiza qiladigan tashkilotlar 
(masalan, Davarxitektqurilish, Tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi, va sh.k.lar) 
loyihaning tegishli qismlarini tahlil qilib, o‘z fikrlarini bayon etadilar, shu 
jumladan, kamchiliklarni ko‘rsatadilar. Ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf 
etilganidan so‘ng, loyiha tasdiqlanadi va 
tender hujjatlari
ishlab chiqiladi. 
Tender
o‘rnatilgan tartibda tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Tenderda 
qatnashuvchi tashkilot (oferent)ga va ular tomonidan beriladigan taklif 
(oferta)larga bo‘lgan talablar tender hujjatlarida aniq keltiriladi.
Tender o‘tkazilganidan keyin natijalari bo‘yicha 
bosh pudratchi
aniqlanadi va 
shartnoma
imzolanib, qurilishga ruxsatnoma hamda buyurtmachi 
ishchi chizmalarini “ishlab chiqarishga” degan yozuv va imzosi bilan qurilishni 
amalga oshirish uchun pudratchiga beradi va 
qurilish
boshlanadi. Shu damdan 
boshlab bosh pudratchi qurilish maydonida asosiy rol o‘ynaydi, qurilishning 
boshqa qatnashchilari ishlarni tashkil qilishga, umuman xo‘jalik faoliyatiga 
aralashish huquqiga ega emas. Shu bilan birga loyihaning to‘la va aniq amalga 
oshirilishi, davlat me’yorlarining qat’iy bajarilishi ustidan mas’ul tashkilotlar 
tomonidan 
nazorat
olib boriladi. 
Qurilish bitganidan keyin ob’yektni 
foydalanishga topshirish
jarayoniga 
kirishiladi. Bunda bosh pudratchi o‘rnatilgan tartibda tegishli ishlarni subpudrat 
tashilotlaridan qabul qilib olib, buyurtmachi tuzgan komissiyaga topshiradi.
Komissiya huzuriga barcha loyiha hujjatlari, ishlab chiqarish jurnallari, 
kuzatib bo‘lmaydigan, lekin bajarilgan ishlarning aktlari (fundament, qoziq, 
quvurlar va sh.k.), ishlatilgan materiallarning odam sog‘lig'iga zarar 
keltirmasligini isbotlovchi sifat sertifikatlari beriladi. Aniqlangan kamchiliklar 
bartaraf etilganidan so‘ng komissiya qabul aktiga imzo qo‘yadi va ob’yekt oraliq 
qabulidan o‘tdi deb hisoblanadi. 
Davlat komissiyasi buyurtmachining yozma murojatiga asosan qoidalarda 
belgilangan muddatda va tarkibda tuziladi, hujjatlar va ob’yekt tekshiriladi, 
kamchiliklar aniqlanadi. Qabul aktiga imzo chekilganda ko‘kalamzorlashtirish 


28 
va isitish kommunikatsiyalari yaqin faslgacha shartli qabul qilinadi va ob’yekt 
foydalanishga qabul qilindi deb hisoblanadi. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin