Toshkent arxitektura qurilish instituti


Bozor iqtisodiyotining marketing konsepsiyasi



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Bozor iqtisodiyotining marketing konsepsiyasi
. Marketing (
market 
– 
bozor
) – sotib oluvchi yoki iste’molchi talablariga muvofiq tovar va 
xizmatlarning ishlab chiqarilishiga yo‘naltirilgan bozor konseptsiyasi 
hisoblanadi. Marketing faoliyati iste’molchilarning talablarini sinchiklab 
o‘rganib chiqish, ishlab chiqarilishi belgilangan tovarlarga qo‘yiladigan 
talablarning ishlab chiqilishi va sotishga turtki berish maqsadida axborotlar 


41 
berilishi va boshqa majmuaviy ko‘rinishdagi chora – tadbirlar (reklama, kredit) 
o‘tkazishdan tashkil topadi.
Qurilish tashkilotining (QT) marketing xizmati o‘zining ish faoliyati 
jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi: 

umumiy holdagi qurilish bozorini o‘rganib chiqadi, potensial 
buyurtmachilar guruhlari va boshqa iste’molchilarni o‘rganadi; 

potensial buyurtmachilar bilan aloqalarni aniqlaydi va ularni o‘rnatadi; 

ishlab chiqarish ishlari uchun zarur hisoblangan moddiy resurslarni 
yetkazib beruvchilarga aniqlik kiritadi; 

reklama qilish yo‘li bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga (uy, 
xonadonlar, bino va sanoat miqyosida foydalanish yoki boshqa maqsadlarga 
mo‘ljallangan inshootlar) mavjud talabga turtki beradi. 
Reklama faoliyatini amalga oshirish – bu marketing xizmatining nisbatan 
murakkab tavsifli vazifalaridan biri bo‘lib, bu turdagi faoliyat ommaviy axborot 
vositalari (OAV) (nashrlar, televidenie, radio, shahar hududida joriy qilingan 
reklama xizmati), shuningdek turli professional tavsifga ega bo‘lgan va 
ommaviy chora – tadbirlar (ko‘rgazma va namoyish qilishlar, simpoziumlar, 
anjumanlar va boshqalar) o‘tkazish imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanib, 
iste’molchilar talabini shakllantirish va uning darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. 
Reklama qurilish firmasining nufuzi yuqoriligiga va u taklif qilayotgan tayyor 
mahsulot, ya’ni qurib bitkazilgan, qurilayotgan yoki qurilishi taklif qilinayotgan 
xonadonlar, uylar, fuqarolik va sanoat bino va inshootlari munosibligiga 
iste’molchi ishonch hosil qilish, qanday xulosa chiqarish talab qilinadi.
Axborot berish imkoniyatlaridan tashqari, talab darajasini oshirish uchun 
turli boshqa qurollardan ham foydalanib, masalan, qurilish boshlangunga qadar 
turar-joylar uchun boshlang‘ich to‘lov qiymatini kamaytirish kabilardan 
foydalanish mumkin. Bu ko‘rinishdagi tarkibga qaytarish muddatlari 
uzaytirilgan kreditlar berilishini tashkil qilish, to‘lovlar amalga oshirilish 
muddatlarini uzaytirish, sotuv narxlariga chegirmalar belgilash, ma’lum vaqt 


42 
davomida foizsiz kreditlar berish yoki katta bo‘lmagan foiz evaziga beriladigan 
kreditlarni kiritish mumkin. Shuningdek, turar joy sotish sohasida talab 
darajasini oshirishning boshqa usullari–bo‘lajak mulk egasi talabi bo‘yicha 
pardozlash va jihozlash amalga oshirilishi, sotilgandan keyin ko‘rsatiladigan 
xizmatlar, turar joy majmuasining foydalanish davri davomida kafolatlanishi va 
shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Marketing ishlarining bir qismi sifatida nazorat va tahlilni amalga 
oshirish, jumladan sotuv ishlarini va to‘xtalishlarni hisobga olish, ularni 
qiyoslash, xulosalar chiqarish va kelgusida mo‘ljallangan ishlar uchun 
ko‘rsatmalar ishlab chiqish kabilar belgilanadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin