Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

bajaruvchilarning 
asosiy mehnat qurolidan begonalashtirilish bilan birga ixtisoslashtirishning 


33 
alohida shakli
bilan belgilanadi. Faqat qurilishda asosiy qurilish mashinalari 
boshqa tashkilot (MB – mexanizatsiya boshqarmasi va boshqalar) ishchilari 
tomonidan boshqariladi, shu mashinalar yordamida bajariladigan ishlarni amalga 
oshiruvchi brigadalar esa – boshqa tashkilotlarga mansub bo‘ladi. Vaziyatning 
o‘ziga xosligini ko‘rsatish maqsadida biror ishlab chiqaruvchi zavod sexlarining 
boshqa zavod ishchilari va mos ravishda boshqa rahbariyatga bo‘ysinadigan 
ishchilar tomonidan boshqarilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Qurilishning o‘ziga xos sakkizinchi xususiyati – bu 
kooperatsiyalarning 
o‘ziga xos shakli
bilan belgilanadi. Qurilish ishlab chiqarishida faqat unga xos 
kooperatsiya shakllaridan foydalaniladi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda 
bu holat asosan zavod (buyurtmachi, iste’molchi) – ta’minotchi o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar bilan chegaralanadi. Muayyan mashinalarni ishlab 
chiqarishda qo‘shimcha bajaruvchilar o‘z mahsulotini ishlab chiqarishning 
tashkil qilinishi va texnologiyalardan mustaqil bo‘lishi, bunda faqat tegishli 
qismlar yoki mashinalarni ta’minotchilar bajarishi qayd etiladi.
Qurilishda qo‘shimcha bajaruvchilar – ya’ni subpudratchilar ob’yekt 
qurilishi bo‘yicha qurilish maydonida o‘zlariga tegishli ishlarni bajaradilar, lekin 
qurilish mahsulotining asosiy yaratuvchisi hisoblangan – bosh pudratchi bir 
vaqtning o‘zida asosiy fondlardan (vaqtinchalik inshootlar, binolar) foydalanib,
shuningdek bir xildagi mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holatda ishlarni 
tashkil qilish va texnologiyasini joriy qilish huquqiga ega. Bunda bosh pudratchi 
maqsadiga subpudratchilarning manfaatlari to‘g‘ri kelmasligi inobatga olinib, u 
ishlab chiqarishning asosiy tashkilotchisi deb belgilanadi. Subpudratchi 
tashkilotlarning ko‘p sonliligi va murakkab tavsifga ega bo‘lgan texnologik 
o‘zaro bog‘liqliklar qurilish ishlab chiqarishi boshqarish jarayonining chuqur 
ehtimoliylik xususiyatini belgilab beradi.
Yuqorida keltirilgan ikki o‘ziga xos xususiyat, qayd etish lozimki, tarixiy 
jihatdan qaror topgani kuzatiladi: «...taqchillik mantiqi ta’siri qayd qilinadi: 
ya’ni, o‘z navbatida baza va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning quvvati yetarli 


34 
emasligi va qurilish ishlab chiqarishida cheklanishlarni belgilab berishi 
kuzatilib, shu sababli ularning xususiy mezonlari bo‘yicha ishlar yakuniy 
hisobda shu sharoitlar va umumiy holda qurilish tizimi samaradorligi uchun 
maksimal holda yuzaga keltiriladi... Natijada, o‘z xususiy manfaatlari doirasida 
faoliyat yuritadigan mustaqil mexanizatsiya tashkilotlari, qurilish industriyasi va 
transportga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vujudga kelishi qayd qilinadi...»*
1

Qurilishda o‘zaro munosabatlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, 
subpudratchilar o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarning o‘zi bilan cheklanib 
qolmaydi. Jumladan, bu holatda buyurtmachi, loyihalash tashkilotlari
materiallar va boshqa resurslarni yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar 
ham yetarli darajada murakkabligi qayd etiladi. 
Ixtisoslashish markazlashtirishdan qochish xususiyatiga ega bo‘lib, turli 
xil kombinatsiyalash tashkiliy shakllariga, masalan uy–joylar qurilishi 
kombinatlari (UJQK) kabi shakllariga muvaffaqiyatli raqobat qilishi qayd 
qilinadi. Yaqin istiqbolda yuqori darajada yopiqlik xususiyati bilan 
tavsiflanadigan: ishlab chiqarish – qurilish; loyihalash – qurilish; loyihalash – 
ishlab chiqarish – qurilish tizimlari rivojlanishi kutiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida talab va taklif mexanizmlarining 
o‘zlashtirilishi bilan ixtisoslashtirilishi bo‘yicha subpudratchi tashkilotlarning 
miqdoridagi mutanosib uyg‘unlik yuzaga keladi, tanqislik, yetishmaslik 
masalasi hal qilinib, o‘z navbatida yakuniy natijaga erishish uchun qurilishda 
barcha ishtirokchilarning mas’uliyatni his qilish darajasi ortadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin