Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
 
* Цай Т.Н., Лаврецкий Л.Н., Лейбман А.Е. и др. «Қурилишни ташкил қилиш, иқтисодиёти ва бошқариш» («
Организация, экономика 
и управление строительством
»). – Москва, 1984 йил.


35 
1.4. Kapital qurilishni tashkil etish asoslari 
 
Kapital qurilishni boshqarishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
.
Qurilishni boshqarish umumiy iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan umumiy 
boshqaruv tamoyillariga asoslanadi. 
Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarishning mustaqil sohasi sifatida 
qurilish boshqaruv organlari tizimining tuzib chiqilishi va funksiya bajarishida 
o‘ziga xos xususiyatlarga, shuningdek, qurilish ishlarini tashkil qilishning o‘ziga 
xos huquqiy shakllariga (pudratchilik va xo‘jalik usullari) ega hisoblanadi. 
Qurilish xalq xo‘jaligining barcha sohalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu 
bog‘liqlik qurilish ob’yektlarining o‘z belgi – xususiyatlariga va 
mo‘ljallanilishiga ko‘ra, qurilishning bir qator kenja(nim) sohalarga – ya’ni 
turar-joylar, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, quvur o‘tkazmalari, 
melioratsiya va shu kabi ko‘rinishdagi sohalarga bo‘linishini belgilab beradi. Bu 
ko‘rinishdagi o‘zgarishlar qurilishni boshqarish organlarini qisman tashkil qilib, 
tuzib chiqilishiga mos keladi, bunda 
ob’yektning belgilari
bo‘yicha alohida 
qurilish tashkilotlarining ixtisoslashtirilishi kelib chiqadi. Qurilish sohasi 
hududiy belgilariga ko‘ra guruhlanuvchi ko‘p sonli tashkilotlar, korxonalar va 
xo‘jaliklardan iborat.
Shunday qilib, qurilish boshqarish organlarining tuzib chiqilishi uchun 
hududiy va sohaga oid tamoyillar birligidan foydalanish kerak bo‘lib, bu holat 
qurilish tashkilotlarini boshqarilishini shakllantirishda hududiy darajalar bilan 
yuqori darajalarning birlashtirilishi hisobga olinadi. Shu bilan birga, qurilish 
tashkilotlarida 
tuzilishning
texnologik tamoyillari
ham o‘z o‘rniga ega.
Qurilish sohasining boshqarilishi bir nechta boshqarish markazlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish va turar–joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha Respublika 
miqyosidagi agentlik
O‘zR VMga bo‘ysunadi va ijro hokimiyatining organi 
hisoblanib, qurilish sohasida mol–mulkni boshqarish, davlat tomonidan 


36 
xizmatlar ko‘rsatilishi va TSJlar tizimida davlat siyosatini yuritish funsiyasini 
bajaradi. 
Davlat xizmatlari 
tushunchasi axborot berishga oid, maslahat berish va 
injiniring xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini belgilaydi.
Standartlash va metrologiya bo‘yicha agentligi
loyihalash, qurilish va 
undan foydalanish me’yoriy hujjatlarini tasdiqlashni amalga oshiradi.
Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi (Davarxitektqurilish) 
qurilishda 
me’yoriy hujjatlarning yangi tizimi ishlab chiqilishini ya’ni texnik reglamentlar 
va milliy standartlarni respublika miqyosida ishlab chiqilishini boshqaradi.
Bu barcha organlar qurilishga bilvosita iqtisodiy va huquqiy richaglar 
vositasida ta’sir ko‘rsatadi va alohida tashkilotlarning tezkor – taqsimot 
tavsifidagi faoliyatiga aralashmaydi, biroq u me’yoriy hujjatlari, qarorlar
qurilishning barcha ishtirokchilari uchun majburiy hisoblangan ko‘rsatmalar va 
qo‘llanmalar doirasida o‘rnatilgan huquqiy vakolatlari chegarasida, idoralarga 
bo‘ysunishdan mustaqil va xususiy mansublikdan erkin holda funksiya bajarishi 
belgilangan.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin