Toshkent arxitektura qurilish instituti


ishlab chiqarish siklining



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

ishlab chiqarish siklining 
davri va qurilish mahsulotining tannarxi yuqoriligi
bilan belgilanadi. 
Qurilish ob’yektlarining tannarxi o‘n-yuz milliard so‘mgacha yetishi mumkin. 
Bu tabiiy holat hisoblanadi. Qurilish davri bir necha yilni tashkil qilishi 
mumkin. Bu davr davomida yirik moliyaviy vositalar aylanma harakatdan 
chiqariladi (sarflanadi) va moddiy qimmatga ega bo‘lgan vositalar sarflanadi. 
Qurilishning umumiy davrida tashkiliy yoki texnologik tayyorgarlik davri 
kattagina vaqtni o‘z ichiga olib, bu vaqt davomida tadqiqot ishlari, loyihalash va 
tayyorgarlik davriga tegishli boshqa ishlar bajariladi. Ob’yektlarni qurishda 
uzoq davom etadigan davr rejalashtirish va boshqarish tavsiflariga ta’sir qiladi 
va boshqaruvning iqtisodiy funksiyasi bajarilishini qiyinlashtiradi.
Qurilish, umumiy holda butun investitsiya davrini qisqartirishga 
yo‘naltirilgan chora–tadbirlarga aniqlik kiritilishi sarflangan sarmoyaning o‘z-
o‘zini qoplashini tezlashtiradi va yakuniy holatda buyurtmachi, quruvchi va 
umumiy jamiyat manfaatlari uchun foydali ta’sirga ega hisoblanadi.
Qurilishning oltinchi o‘ziga xos xususiyati – bu 
mehnatni tashkil 
qilishning brigada shakli 
ustuvorlik qilishi
 
hisoblanib, bu holat faqat MDX 
davlatlarida qurilishni tashkil qilish tajribasi uchun xos hisoblanadi. Bu holatda 
barcha joyda mavjud bo‘lgan qurilishdagi brigadalardan (
zvenolar
) foydalanish 


32 
nazarda tutilmaydi, balki sobiq Ittifoq hududida va joriy Rossiya hududida 
mehnatni tashkil qilishning brigada shaklining o‘ziga xosliklari, inqilob 
davrigacha mavjud bo‘lgan artellarga xos xususiyatlarning saqlanib qolishi, 
mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasida ish taqsimlanishi va mehnatga haq to‘lashda 
jiddiy farqlar kuzatilishi kabilar e’tiborga olinadi.
Shakliga ko‘ra turli brigadalardan foydalanishning asosiy sababi – bu 
majmuaviy holatlar bilan bog‘liq, yakuniy mahsulot – materiallar va 
mexanizmlar bilan ta’minotda surunkali to‘xtalishlar hisoblanib, bu holat yaqqol 
yashirin tavsifli to‘xtalishlarga olib keladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun 
turli kasblarning birlashtirilishidan foydalanish tavsiya qilinadi, bunda brigada 
a’zolari o‘z ish joyini tashlab ketmagan holda resurslar bilan ta’minlangan 
boshqa turdagi ishlarni bajarish nazarda tutiladi. Ob’yekt bo‘yicha barcha 
qurilish ishlari majmuini bajarish uchun yiriklashtirilgan, ya’ni yakuniy 
mahsulotni yaratib ob’yektni to‘liq topshiradigan brigadalarni tashkil qilish 
qurilishda brigada uslubining takomillashtirilishiga olib keladi. Bu holda 
mazmun–mohiyatiga ko‘ra, o‘z–o‘zini tashkil qilish hisobiga vaqtida 
ta’minlanmaslik tufayli vaqt yo‘qotilishini kamaytirish imkonini beradigan 
mehnat jamoasi tashkil qilinadi. Shunday qilib, qurilish rahbariyati o‘z ishlab 
chiqarishida tashkilotchilik funksiyasini brigada va brigada boshliqlari 
zimmasiga yuklashi qayd qilinadi. O‘z davrida bu holat ijobiy natija berishi 
kuzatilgan. 
Ko‘rsatib o‘tilgan shakllar ommaviy tarzdagi malaka talab qilmaydigan 
ishlarni bajarishda quyi malakali ishchilarni birlashtirishga xos hisoblanib, bu 
esa ishlab chiqarish va umumiy holatda jamiyatning zamonaviy rivojlanish 
darajasi shart–sharoitlari va talablariga nomuvofiq hisoblanadi, ya’ni zamonaviy 
shart–sharoitlar tor doirada ixtisoslashtirilgan yuqori malakali va unchalik katta 
tarkibga ega bo‘lmagan zvenolardan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Qurilishning o‘ziga xos yettinchi xususiyati – bu 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin