47
Aralash sherikchilik.
o
Kooperativlar.
o
Yakka tartibdagi xususiy korxonalar.
Hozirgi vaqtda mamlakatda qurilish tashkilotlari bo‘yicha muayyan
atamashunoslik qaror topmagan. Tavsiflari quyida keltirilgan, xo‘jalik
sub’yektlarining yangi nomlanishlari bilan bir qatorda, garchi ularning tashkiliy,
xo‘jalik va huquqiy mazmun–mohiyati tubdan o‘zgartirilgan bo‘lsada, qurilish
korxonalarining oldingi nomanishlaridan (QB, trest, bosh boshqarma va h.k.)
ham foydalanish qayd qilinadi.
Ushbu o‘rinda mavjud joriy amaliyotni hisobga olgan holda va bayon
qilishni qulaylashtirish uchun zaruriy izohlar bilan birga turli atamalardan
foydalanish maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, xorijiy amaliyot tajribasi asosida
firma
va
kompaniya
kabi atamalar hayotimizga kirib keldi.
Firma
va
kompaniya
tushunchalariga oid
bir nechta ta’rif va izohlardan kelib chiqib, keyingi o‘rinlarda
firma
tushunchasi
xususiy korxonaning har qanday shaklini ifodalaydigan universal atama sifatida
qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: