Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Pudrat asosidagi uslub
xo‘jalik uslubiga nisbatan qurilishda qator 
afzalliklarga ega. Doimiy faoliyat olib boruvchi qurilish tashkilotlari o‘z 
tarkibida barqaror malakali jamoalarga ega bo‘lib ish yuritib, bunda quvvat 
vujudga keltirishi va zamonaviy moddiy–texnik baza shakllantirishi, shuningdek 


44 
ishlab chiqarish texnologiyalarining takomillashtirilishi, ishlar sifatining 
yaxshilanishi, qurilish muddatlarining qisqarishi va uning tannarxi kamayishi 
kabi ijobiy hollar kuzatiladi. Nisbatan taraqqiy etgan sifatida pudrat uslubi 
hozirgi davrda ustuvor uslub hisoblanadi va qurilish ishlarining 90%dan ortiq 
qismini qamrab oladi. Bunda ushbu uslubda ishlar buyurtmachi va pudratchi 
o‘rtasida tuziladigan 
pudrat shartnomasi
asosida qurilish tashkilotlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Pudrat shartnomasi (bitim)
qurilishda pudrat shartnomasiga, loyihalashga 
va tadqiqotchilik ishlarini bajarishga oid qoidalar va fuqarolik qonunchiligi 
tartibi asosida amalga oshiriladi. Kapital qurilishda shartnoma bo‘yicha 
pudratchi tashkilot o‘z kuchlari va vositalaridan foydalangan holda, loyihada 
nazarda tutilgan ob’yekt tasdiqlangan loyiha–smetasi hujjatlarida belgilangan 
shartlarga muvofiq va belgilangan muddatda qurib bitirish va buyurtmachiga 
topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa – pudratchi qurilish maydonida 
ishlar olib borishiga ruxsat olib berishi, unga tasdiqlangan loyiha–smeta 
hujjatlarini topshirishi, qurilishni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash, 
tugallangan qurilish ob’yektlarini qabul qilish va ularga to‘lovlarni to‘lashni 
amalga oshirish majburiyatiga ega hisoblanadi.
O‘z navbatida, buyurtmachi bosh pudratchi sifatida tan olingan, bitta 
umumiy qurilish tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi. Ayrim hollarda 
buyurtmachi bevosita montaj ishlarini bajaradigan yoki boshqa turdagi ishlarni 
amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan ham shartnomlarni 
imzolashi mumkin. Bu ko‘rinishdagi shartnomalar 
bevosita shartnomalar
deb 
nomlanib, odatda, bosh pudratchi bilan kelishgan tartibda, qurilmalarni o‘z 
joyiga o‘rnatish, maxsus ishlarning alohida turlarini, shuningdek qurilishning 
aralash uslubida bajaradigan ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bosh pudratchi montaj ishlari va maxsus ishlarni bajarish uchun boshqa 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni subpudrat maqomida ishga jalb qiladi, ularning 
har biri bilan shartnoma imzolaydi.


45 
Investitsiya loyihalari bo‘yicha shartnomalar ularning matni xalqaro 
birlamchi shakl (proformalar) asosida tuziladi va imzolanadi. Misol sifatida 
Jahon banki buyurtmasi bilan FIDIC (Federation International des Ingenieur-
Consultants) (Muhandis-Konsultantlarning Xalqaro Federatsiyasi – MKXF) 
ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Bunda pudrat uslubida amalga oshiriladigan 
loyihalarda uchraydigan ko‘plab kelishmovchilik va tafovutlar yagona qoidalar 
asosida bartaraf etiladi. Hozirgi vaqtga kelib, FIDIKning to‘qqizta kitob 
(proforma)lari mavjud. Ular har turdagi shartnomalar (qurilish montaj ishlari, 
qurilmalarni yetkazib berish, kichik hajmdagi maxsus ishlar, “kaliti bilan” 
loyihalar) uchun tuzilgan. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin