Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
Nazorat savollari: 
1.
Qurilish asosiy ishtirokchilarining qisqacha tavsifi.
 
2.
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning qanday o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud?
 
3.
Kapital qurilishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
 
4.
Qurilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi Qo‘mitaning 
roli. 
 
5.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura qurilish nazoratining roli.
 


37 
II BOB. QURILISH TASHKILOTLARINI BOSHQARISHNING 
TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 
2.1. Korxonaga egalik qilish asoslari 
 
Korxonaga egalik qilish 
– qonunda ko‘rsatilgan ta’riflashga binoan, 
daromad olishga yo‘naltirilgan, fuqaro va ularning birlashmalarining mustaqil 
faoliyat olib borish uchun tashabbuskorligi hisoblanib, xususiy havf–xatar 
ehtimolli va ushbu tushuncha asosida xususiy mulk uchun javobgarlik ro‘yobga 
oshirilishini nazarda tutadi.
Bu izohlashda
 
korxona egasining muvaffaqiyatli faoliyat olib borishini 
belgilab beruvchi, asosiy shart ko‘rsatilmagan. Bu shart – ma’lum bir aniq 
ko‘rinishdagi, qulay, barqaror huquqiy va ijtimoiy–siyosiy muhit mavjudligi 
bilan belgilanadi. Jamiyat, fuqarolar tadbirkorlikka nisbatan xayrixohligi ham 
uni rivojlantiruvchi omildir. 
Yuqoridagi ta’rifning yana bir kamchiligi – uni “biznes” tushunchasiga 
tenglashtirishdir. Modomiki, tadbirkor bir vaqtning o‘zida biznesmen ham, lekin 
biznesmen tadbirkor bo‘lishi uchun o‘z faoliyatida innovatsiyani amalga 
oshirishi kerak: Faqat yangilik, yangicha xizmat ko‘rsatish, yangi mahsulot 
ishlab chiqarish, ishni yangicha tashkil qilish bilan tadbirkor bo‘lish mumkin. 
Ya’ni tadbirkor vaqtinchalik xususiyat. Unda nega tadbirkor bo‘lish faxrli? 
Chunki faoliyat natijasi bo‘lmish daromad qiymati orasida katta farq mavjud. 
Misol tariqasida yangi funksiyali uyali telefon, android va shu kabilar va eski 
modellar narhi orasidagi farqni keltirish mumkin. 
Muvaffaqiyatli tarzda ro‘yobga oshiriluvchi bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarining mazmun–mohiyati qulay muhit sharoitida o‘z faoliyatini 
amalga oshiruvchi 
korxona egalari
mavjudligi bilan belgilanadi. 
 
Korxona egaligini rivojlantirish quyidagi holatlar asosida ifodalanadi: 

ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatiladigan xizmatlar) va daromad, 
o‘z mol–mulkiga egalik qilish huquqi (egalik qilish va foydalanish); 


38 

faoliyat turlarini tanlash va ularni amalga oshirish uslublarini 
tanlash erkinligi.
Bu shartlar xususiy mulkning turli-tumanligi va natijalarning 
o‘zlashtirilishi xilma-xilligini vujudga keltiradi. Korxona egalarining faoliyati 
mehnat qiluvchilar huquqlarini regulyatsiya qiluvchi (mehnat qonunchiligi), 
ularning davlat oldidagi majburiyatlari (soliq qonunchiligi), mehnatni muhofaza 
qilish va texnika havfsizligiga oid qonunlar bilan cheklanadi.
Ushbu holatlar bilan birga, tadbirkorlik va jamiyat o‘rtasidagi 
manfaatlarda muvozanat holatini saqlab turishga yo‘naltiriluvchi, o‘rnatilgan 
tartibda erkin holatdagi korxona egaligi zamonaviy tizimlarida tadbirkorlikning 
(
biznes
) jamiyat oldidagi yozilmagan ijtimoiy javobgarlik qoidalari va axloqiy 
kodekslari mavjudligi qayd qilinadi.
Bozor 
– bu talab va taklif asosida shakllantiriluvchi, sotish uchun ishlab 
chiqariladigan mahsulotning (
tovar
) aylanish sferasi hisoblanib, natijada tovar 
(yoki ko‘rsatiladigan xizmat)larning tannarxiga aniqlik kiritiladi. 
Qurilishga oid bozor ishtirokchilari investorlar, quruvchilar, resurslarni 
yetkazib beruvchilardan tashkil topadi.
Bozor munosabatlari sharoitlari sotib oluvchi (iste’molchi) ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda, ishlab chiqaruvchi mavjud havf–xatar ehtimoli asosida 
quyidagilarni hal qilishi talab qilinadi: 

qanday iste’molchi uchun ishlarni bajarishi talab qilishi; 

qanday turdagi, qancha miqdordagi va ishlab chiqarish mahsulotining 
qachon ishlab chiqarishi talab qilinishi; 

iste’molchi 
talablarini 
qondirishda 
qanday 
resurslar 
va 
texnologiyalardan foydalanish va bunda kutilgan daromadni olish.
Korxona egasi (tadbirkor, biznesmen) erkin tanlovni amalga oshirish 
huquqiga ega bo‘lib, zarurat cheklanishi sharoitida har qanday ish faoliyatini 
xo‘jalik nuqtai nazaridan ijobiy natijalar asosida, ya’ni daromad bilan 
yakunlashi mumkin. Biroq bu maqsad ushbu sohada faoliyat yurituvchi boshqa 


39 
korxona egalari tomonidan ham ko‘zda tutilib, bu esa kurash shart–sharoitlarini, 
ya’ni raqobatchilar bilan musobaqalashuvni yuzaga keltiradi. Raqobat muhiti 
nisbatan ko‘proq sifatli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yechimlarni 
izlashga majbur qiladi. Aynan, raqobatga asoslangan qat’iy tartibli shart–sharoit 
faoliyatga ko‘rsatishga kuchli turtki beradi va taraqqiyotni harakatlantiruvchi 
asosiy kuchni tashkil qiladi.
Qurilishga oid bozorni
shartli tayyor holdagi qurilish mahsulotlari (bino 
va inshootlar) bozori, pudratchilar bozori, resurslar (materiallar, qurilmalar, 
kreditlar, intellektual mahsulotlar, mehnat resurslari va boshqalar) bozoriga 
bo‘lish mumkin. 
Bozor – bu mehnatning ijtimoiy taqsimlanishida nisbatan samarali 
mexanizm bo‘lib, ishtirokchilarning raqobat hisobiga ijtimoiy kamroq sarf–
xarajatlarga yo‘l qo‘yishi ta’minlanadi.
Qurilishga tatbiq etishda bozorni turli belgilari bo‘yicha tasniflash 
(
klassifikatsiyalash
) mumkin. Jumladan, loyihalashga oid va quruvchi 
pudratchilar 
investitsiya pudratchilari bozorini
tashkil qiladi. Qurilish 
materiallari, mexanizmlar, qurilmalar, transport vositalari–
qurilish resurslari 
bozori 
demakdir. Talab darajasi va ishchi kuchlari takliflarini, ularning 
tayyorgarligini, reklama faoliyati va qurilish firmalari tomonidan kadrlarning 
taqdim (
taklif
) etilishi holatlarini o‘rganadigan–mehnat birjasi va boshqa 
tashkilotlar 
mehnat bozorini
tashkil qiladi. Qurilish faoliyatini kredit bilan 
ta’minlovchi investitsiya banklari, ipoteka va tijorat banklari, fond birjalari, 
nafaqa fondlari va boshqa fondlar 
kredit–moliyalashtirish
yoki 
qarz berish 
sarmoya
bozorini hosil qiladi.
Iste’molchi yoki sotuvchi tomoniga siljish ko‘rinishidagi tebranish bozor 
vaziyati sotib oluvchilarning talabi darajasiga nisbatan sotuvchi tomonidan 
beriladigan takliflar yuqori bo‘lganida – 
iste’molchi bozori 
tushunchasini 
belgilab beradi, aksincha ishlab chiqarilgan sotuvchi taklif etgan mahsulot 
darajasiga nisbatan iste’molchi talablari ortib ketishida esa 
sotuvchi bozori


40 
shakllanishi qayd qilinadi. Bu ko‘rinishdagi vaziyat ishlab chiqarilgan mahsulot 
tannarxiga ta’sir ko‘rsatib, ya’ni tovarning (yoki ko‘rsatiluvchi xizmatlar) 
tannarxining ortishi yoki pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Bozorning asosiy ishtirokchilari (sotuvchi – sotib oluvchi; yetkazib 
beruvchi – iste’molchi; investor – pudratchi va h.k.) bevosita o‘zaro 
munosabatga kirishishi kuzatiladi, biroq ko‘pincha ular o‘rtasida vositachi – 
o‘rtakash (zavod–ulgurji baza–pudratchi va h.k.) faoliyat olib borishi kuzatiladi. 
Masalan, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaning tayyor mahsuloti 
sotilishida qurilish materiallari ulgurji bazasi tashkil qilinishi mumkin. Bu 
ko‘rinishdagi vositachilar 
oraliq sotish bozori
tushunchasini belgilab, bu bozor 
o‘z tarkibiga turli investitsiya bozorlarini: ya’ni, 
qurilish resurslari bozori

jumladan masalan, yuqorida keltirilgani kabi, shuningdek qurilish mexanizmlari, 
transport vositalari va shu kabi bozorlar; 
texnologik va muhandislik qurilmalari 
bozori
; qurilish pudratchilari bozori va ko‘chmas mulk bozori kabilarni kiritish 
mumkin. Ular tashkiliy jihatdan mustaqil faoliyat olib boradi. Masalan, 
riel – 
esteyt
: bino, xonadonlarni sotish yoki ijaraga berish bilan shug‘ullanadi va h.k., 
ya’ni materiallar yoki qurilmalar bozori bilan bog‘liq emas, biroq investitsiya 
bozorining barcha qismlari iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi: ushbu 
ko‘rinishda, bir bozorda talab va taklifda narx–navoning o‘zgarishi boshqa 
bozordagi talab va taklif qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bozor marketing va rivojlanishning marketing strategiyasi tushunchalari 
bilan bog‘liq hisoblanadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin