21
Birinchi bo‘lim
QURILISH VA QURILISH ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL
QILISH ASOSLARI
I BOB. QURILISH TASHKILOTI TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA
1.1.
Qurilish ishtirokchilari
Qurilish
– bu mamlakat xalq xo‘jaligining yirik sohasi bo‘lib, ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi va xalqning farovonlik darajasi o‘sishida
yetakchi o‘rin tutadi. Qurilishda bir necha yuz minglab
kishilar faoliyat olib
borib, ular bevosita sanoat miqyosidagi inshootlar, fuqarolik inshootlari va
boshqa turdagi ob’yektlarda, shuningdek qurilish tashkilotlari va korxonalarida
faoliyat yuritishadi.
Qurilishning
asosiy ishtirokchilariga
yuridik
va
jismoniy
shaxslar kiradi,
ya’ni bu tarkib har qanday davlatga tegishli, jamoaviy, xususiy tashkilotlar va
yakka tartibda faoliyat olib boruvchilardan iborat hisoblanadi.
Investor
(sarmoyachi) – sarmoya sarflashdan daromad olish maqsadida,
iqtisodiyotga (loyiha, korxona va h.k.) uzoq muddatli sarmoya sarflashni amalga
oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Investor (o‘z mablag‘idan
moliyalashtirishni amalga oshirsa) qurilishni amalga oshiruvchi bo‘lishi ham
mumkin.
Developer
(ingliz tilida
to develop – rivojlantirish
ma’nosini anglatadi) –
investorning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, qurilish amalga oshirilgan yoki amalga
oshirilmagan uchastkalarni sotish maqsadida, shahar ishida va shahar
tashqarisida joylashgan yer maydonlarini rivojlantirish uchun (hududlarning
o‘zlashtirilishi, kommunikatsiya tarmoqlari va yo‘llarni o‘tkazish) mablag‘
sarflovchi shaxs.
Quruvchi (puliga)
– ma’lum bir aniq turdagi ko‘chmas mulk ob’yektini
qurishni amalga oshirish uchun rasmiy ariza bergan
va ushbu ishni amalga
oshirishga ruxsatnoma olgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Me’morchilik
22
topshiriqlari asosida u loyiha-smeta hujjatlari uchun buyurtma beradi, qurilishni
bajarish uchun ruxsat oladi va qurilish ishlari davri davomida barcha turdagi
nazorat ishlarini bajaradi. Quruvchi qurilishni o‘zining xususiy kuch
(mablag‘)lari hisobiga amalga oshiradi yoki pudratchilarni
jalb qilish evaziga
bajaradi, qurilish tugallanishi vaqtida esa – ob’yektni foydalanishga qabul qiladi
va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan xususiy mulkka egalik qilish
huquqini qayd qilinishini amalga oshiradi.
Buyurtmachi funksiyasini uning o‘zi
bajarishi mumkin, bunda u maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni (Kapital
qurilish boshqarmasi – KQB, boshqaruvchi firmalar va boshqalar) yoki
mutaxassislarni jalb qilish asosida ish olib boruvchi bo‘ladi.
Buyurtmachi
– ko‘chmas mulk ob’yektining qurilishida pudrat
shartnomasi yoki davlat shartnomasini imzolovchi yuridik yoki jismoniy shaxs
bo‘lib,
qurilishni rejalashtiradi, uning pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga
oshirilishida buyutmalarning taqsimlanishini, moliyalashtirishni ta’minlaydi va
ishlab chiqarish ishlari davri davomida
nazoratni amalga oshiradi, shuningdek
tugallangan qurilish inshootlari va binolarini qabul qilib oladi. Investor, (puliga)
quruvchi va buyurtmachi bitta shaxs bo‘lishi ham mumkin. Tashqi investor
mavjud sharoitda buyurtmachi uning vakolatli vakili
sifatida ish olib borishi
qayd qilinadi.
Foydalanuvchi
– xususiy mulk huquqiga egalik qilish yoki xususiy mulk
egasidan ob’ektdan foydalanish huquqini olgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Dostları ilə paylaş: