24
Menejer
– investitsion siklning barcha
yoki alohida bosqichlarida
boshqarish funksiyasini bajaruvchi, professional
boshqaruvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs.
Loyiha menejeri
(
Project Manager
) – qurilish ishtirokchilarining xo‘jalik
– iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda, faqat
uni yollagan mulk egasining
manfaatlari doirasida boshqaruv funksiyasini bajaruvchi.
Yetkazib beruvchi
– o‘zining ishlab
chiqaruvchi kuchlari yoki
qo‘shimcha kuchlar hisobiga qurilish uchun zarur mahsulotlarni (materiallar,
qurilish konstruksiyalari va qismlar) yetkazib beruvchi yuridik yoki jismoniy
shaxs. Keng ma’noda, iqtisodiyotning barcha
sohalari u yoki bu darajada
qurilish uchun mahsulot yetkazib beruvchi sifatida o‘rin tutadi.
Transport (
tashish
) tashkiloti
– pudratchilar
bilan shartnoma asosida
moddiy–texnik resurslarni tashqi va ichki qurilish sohalariga tashishni amalga
oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Bank
– moliyaviy operatsiyalar vositasida kredit –
hisoblar va boshqa
bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Investitsiya banklari
uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalarni, ya’ni qurilishlarni moliyalashtiruvchi.
Ilmiy tadqiqot tashkilotlari
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat
arxitektura va qurilish qo‘mitasi (
O‘zdavarxitektqurilish
) topshirig‘i bo‘yicha,
Vazirliklar
va idoralar yoki buyurtmachi, loyihalashtiruvchi va pudratchilar
bilan
bevosita, to‘g‘ridan – to‘g‘ri amalga oshiriladigan shartnomalar asosida
ilmiy tadqiqotlar ishlarini bajaradigan yuridik yoki jismoniy shaxslar.