9
uslubda va qanday qilib tuzib chiqish masalasi eng zaruriy va bahs–
munozaralarga sabab bo‘luvchi masala hisoblangan.
1917 – yil dekabr oyida Sobiq Oliy Xalq Xo‘jaligi Kengashi (OHXK)
tashkil qilinib, uning tarkibida Umumiy holatda
foydali hisoblangan davlat
miqyosidagi inshootlar kenja bo‘limi tuzilgan, 1918 – yilga kelib esa – OHXK
tarkibida Davlat inshootlari qo‘mitasi (
Davlatinshootqo‘mita
) tashkil qilingan,
bu qo‘mita qurilishlarning rejalashtirilishi, ishlab chiqarish ishlarining
loyihalarini tekshrib chiqish va tartib–qoidalarni o‘rnatish
masalalari bilan
shug‘ullangan.
Joylarda ushbu qo‘mitaning Gubernya darajasidagi bo‘linmalari tashkil
qilinib, ularning tarkibiga 135 ta qurilish idoralari kiritilgan. Shunday qilib,
mamlakatda dastlab qurilish ishlari hududiy tamoyil asosida tashkil qilingan. Bu
tizim 1922 – yilgacha saqlanib qolingan, garchi
bunda davlat miqyosidagi
idoralar bilan birgalikda xususiy firmalar va artellar ham o‘z faoliyatlarini olib
borishgan bo‘lsada, o‘z mazmun–mohiyatiga ko‘ra, ularning barchasi qurilish
ishlarining yagona boshqaruv markaziga biriktirilishini ifodalab bergan.
1920-yilda GOELRO (elektrifikastiyalash) rejasi tasdiqlangan bo‘lib, bu
reja o‘sha davrda o‘z muddatidan kechiktirmasdan bajarilishi mo‘ljallangan
yirik hajmdagi qurilishni o‘z ichiga olgan. GOELRO rejasi va Xalq komissarlari
Kengashi (
Sovnarkom
) tomonidan chiqarilgan – «Respublikalarning yagona
qurilish rejasi haqida»gi Dekreti qurilishning istiqbolli rejalashtirilishi va uning
moddiy-texnik bazasini yaratish davrining boshlanishi hisoblanadi (1921-yil), bu
hujjatlar asta–sekin industrial asosdagi qurilishga o‘tish bo‘yicha qurilishning
rivojlanishi bosh yo‘nalishlarini belgilab bergan.
1923-yilda davlat tashkilotlari birlashtirilishi
asosida Butun Rossiya
miqyosidagi davlat qurilish idorasi –
Dostları ilə paylaş: