11
1927-yilda qurilish bo‘yicha qo‘mita tashkil qilingan bo‘lib, bu qo‘mita
tomonidan qurilish rejalarini tasdiqlash va umumiy boshqarish masalalarini
yechish amalga oshirilgan.
Birinchi besh yillikda (1928-1932 yillar) qurilishda ulkan yuksalishlar
ro‘y bergan – jumladan, qurilishga sarmoya sarflash miqdori bir necha martaga
ortgan. DneproGES, Stalingrad traktor zavodi, Gorkiy avtomobil zavodi (GAZ)
va (Lixachev nomli zavod (ZIL), Magnitogorsk va Chelyabinsk metallurgiya
kombinatlari kabi ko‘plab industriya gigantlari aynan ushbu davrda qurilgan.
Qurilish dasturlarining muvafaqqiyatli bajarilishi natijasida mamlakat qishloq
xo‘jaligiga ixtisoslashgan (
agrar
) mamlakatdan industrial (ishlab chiqarishga
yo‘naltirilgan) mamlakatga aylantirilgan. Qurilishning rivojlantirilishining
asosiy yo‘nalishlari – bu ishlarni pudratchilik asosida olib borishga o‘tish,
qurilishning mexanizatsiyalashtirilishi va loyihalashda namunaviy yechimlardan
keng foydalanish amalga oshirilgan. Besh yillikning oxiriga kelib, mamlakatda
uch yuzdan ortiq qurilish trestlari ish olib borishi qayd qilinadi.
Ikkinchi besh yillik davomida (1933-1937 yillar) qurilishga sarmoya
(
kapital
) sarflash hajmi birinchi besh yillikka nisbatan qariyb ikki martagacha
o‘sgan, 4500 ta korxona qurilishi boshlangan, jumladan yirik issiqlik elektr
stansiyalari, GES, Novolipetsk metallurgiya zavodi va Ural og‘ir turdagi
mashinalar ishlab chiqarish zavodi va boshqa sanoat ishlab chiqarishning ulkan
korxonalari qurilishi amalga oshirilgan.
1930 yillarning birinchi yarmiga qadar qurilishda
Dostları ilə paylaş: