63
ixtisoslashgan (payvandlash, granit–marmar ishlari, telefon tarmoqlarini montaj
qilish, ishlab chiqarish inshootlarida shamollatish uskunalarini joylashtirish va
h.k.) tashkilotlarning soni ortishi kuzatiladi. Qurilishda texnologik jihatdan
ixtisoslashish bilan bir qatorda sohaga oid ixtisoslashish ham keng tarqalgan
bo‘lib, ushbu holga muvofiq turar-joylar, sanoat inshootlari, temir yo‘llar, shaxta
va boshqa turdagi qurilish trestlari o‘zaro farqlanadi. O‘z navbatida,
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar subpudratchi hisoblanib, biroq ayrim hollarda
ular bosh pudratchi sifatida o‘rin tutishi mumkin (masalan, poydevor qurilishi,
tom ishlari) yoki buyurtmachi bilan to‘g‘ridan–to‘g‘ri tuzilgan shartnoma
ishlarini bajarishlari qayd qilinadi.
Faoliyatni amalga oshirish hududi
bo‘yicha trest–maydonlar, shahar,
viloyat va mamlakat miqyosida xududida ish olib boradigan trestlar bo‘ladi.
Trest – maydonlar
oldingi davrda bitta maydonda yirik hajmdagi ishlarni
bajarish uchun sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi qurilishlarda
tashkil qilingan.
Shahar turidagi trestlar
bir shahar doirasidagi ishlarni bajarishlari,
hududiy
trestlar
esa – bir aniq hudud doirasida ish bajarishi qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: