79
infratuzilmalar rivojlanmagan hududlarda ham quruvchilar bari–bir ushbu
turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari zarur.
Boshqaruvchining iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
(bosh
iqtisodchi) trestning rejalashtirishga oid – iqtisodiy ishlarini boshqaradi, xo‘jalik
va moliyaviy faoliyatni tashkil qiladi, trest ishchi – xodimlari, texnik – iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni yaxshilash chora –tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
So‘nggi yillarda bu lavozim katta trestlarda joriy qilingan. Boshqaruvchi
o‘rinbosarlari o‘rtasida majburiyatlar iqtisodiy ishlar bo‘yicha rejalashtirish –
iqtisodiy, smeta – shartnomalar, mehnat bo‘limlarini boshqarish kabi
taqsimlanish mumkin.
Uning bosh hisobchi xizmati bilan uzviy bog‘liq holda ish olib borishi
talab qilinib, bosh hisobchi xizmati bevosita boshqaruvchiga bo‘ysunadi.
Trest apparatining tarkibiy tuzilmasi – bo‘limlar, xizmatlar va boshqa
quyi bo‘linmalardan tashkil topadi. Ular boshqaruvchi tomonidan tasdiqlangan
qoidalar va tartiblar (nizom) asosida faoliyat olib boradi, bo‘linmalarga rahbarlar
tayinlanadi va ularning faoliyatlari tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: