Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Trest boshqaruvchisi
(boshlig‘i) yuqori boshqaruv organi tomonidan 
tayinlanib davlat va boshqa mulk egaligining ishonchli shaxsi hisoblanadi. U 
korxonaning barcha ishlarini yagona boshqarish tamoyili asosida tashkil qilish 
vakolatiga ega bo‘lgan, ishonch qog‘ozisiz trest nomidan ish olib boruvchi, 
barcha tashkilotlar va muassasalarda trest vakili sifatida ishtirok etuvchi, qonun 
doirasida o‘rnatilgan tartibda korxona mol–mulki va vositalaridan tegishli 
rejalashtirishga mos ravishda foydalanishi uchun buyruqlar beruvchi, 
shartnomalar tuzuvchi, ishonch bildiruvchi, bankda hisob – kitoblar uchun va 
boshqa turdagi korxonaga zaruriy hisob raqamlarini ochish huquqiga ega 
bo‘lgan shaxs hisoblanadi.
Boshqaruvchi o‘z vakolatlarii doirasida xizmat ko‘rsatuvchilar va 
muhandis – ishchi texnik xodimlar (MITX) uchun ish oylik haqi qiymatini 


78 
tasdiqlash va unga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Boshqaruvchining 
vakolatlari doirasiga unga bo‘ysinadigan ishchilarni ishga qabul qilish va ishdan 
ozod qilish huquqi ham kiritilib, bu vakolat qabul qilingan mehnat 
qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Boshqaruvchi bevosita rejalashtirish 
va smeta – shartnomalar bo‘limlarini, hisobxona va kadrlar bo‘limini 
boshqaradi. Qolgan bo‘linmalar va xizmatlarni u o‘z o‘rinbosarlari orqali 
boshqaradi va joriy qilingan qoidalar asosida boshqaruv ishlarining ma’lum bir 
uchastkasiga boshchilik qiladi va ushbu ish uchun javobgarlikni to‘liq 
zimmasiga oladi. Odatda, boshqaruvchi o‘rinbosarlaridan biri, ya’ni uning 
birinchi o‘rinbosari bosh muhandis hisoblanadi. 
Bosh muhandis 
qurilish trestida texnik siyosat yuritilishi uchun javobgar. 
Uning majburiyatlari tarkibiga fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy qilish, 
texnologiyalarni takomillashtirish, ishlar sifatini ta’minlash kabilar kiradi. U 
ishlab chiqarish va texnik bo‘limlarni, shuningdek bosh mexanik va bosh 
energetik bo‘limlari, texnolog bo‘limi, laboratoriyalarni boshqaradi, mehnatni 
muhofaza qilish va ratsionalizatsiya ishlarini yo‘naltiradi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin