94
MCHJ egalari rahbarlik faoliyatiga nisbatan
yuqori professional
tayyorgarlikka ega bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatlari natijalaridan bevosita
manfaatdor bo‘luvchi sobiq BIB rahbariyati hisoblanadi.
Investitsiya va investitsion sikli
.
Bozorda
iste’molchi – bajaruvchi
munosabatini qurilish investitsiyalar va
investitsiya sikli
(IS) tushunchalari bilan
bog‘liq.
Investitsiyalar
– daromad olish yoki ijtimoiy natijalarga erishish
maqsadida korxonaning faoliyat ob’yektlariga jalb qilinadigan mol–mulk va pul
mablag‘lari hisoblanadi. Pul mablag‘laridan tashqari, investitsiya
sifatida bank
kreditlari, qimmatbaho qog‘ozlar, qurilmalar, patentlar, litsenziyalar va boshqa
mol-mulk va mol-mulk huquqi o‘rin tutishi mumkin, ulardan foydalanish bilan
iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraga erishiladi
.
Investitsiya faoliyat ishtirokchilari (sub’yektlari) – vositalarni
sarflaydigan
investorlar
, shuningdek quruvchilar, buyurtmachilar, pudratchilar,
yetkazib beruvchilar,
loyihalash tashkilotlari, bank, sug‘urta tashkilotlari,
vositachi tashkilotlar va quriluvchi ob’yektlardan foydalanuvchilar bo‘lib kelishi
mumkin.
Investitsiya faoliyati sub’yektlari bir necha funksiyani birga bajarishlari
mumkin:
jumladan, quruvchi va buyurtmachi, buyurtmachi–loyihalashtiruvchi–
quruvchi–foydalanuvchi va shu kabi tartibda namoyon bo‘lishlari mumkin.
Investor mustaqil investitsiyaning o‘lchami va yo‘nalishlariga mustaqil aniqlik
kiritadi, uning samaradorlik darajasi(rentabelligi)ni aniqlaydi. U ro‘yobga
oshirish jarayoniga shartnoma asosida boshqa yuridik
va jismoniy shaxslarni
jalb etish huquqiga ega hisoblanadi.
Hatto, «sof kapitalizm» tuzumi qaror topgan mamlakatlar masalan, AQSH
da korxona egalarining tezkor tavsifli faoliyatiga aralashmagan, turli tartibga
soladigan (regulyatsiya) chora–tadbirlar amalga oshirilishi: jumladan,
xarajatlarni qoplay olmaydigan korxonalarga ko‘maklashish (dotatsiya berish),
95
subsidiya berish, byudjet hisobidan qarz berish, imtiyozli kreditlar ajratilishi,
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilishi va rag‘batlantirish
me’yorlari kabi chora–tadbirlar bilan o‘z investitsion
siyosatini muntazam
amalga oshirish mumkinligi qayd etiladi. Shuningdek, bu maqsadlarda davlat
miqyosidagi me’yor
va standartlarga amal qilishni, yer maydonlaridan va
boshqa tabiiy resurslardan foydalanish shartlariga amal qilishni nazorat qilish,
mutlaq yakka hokimlikka (monopoliya) qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish,
davlat mulkining xususiylashtirilishi va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash chora–
tadbirlardan foydalaniladi. Davlatning ta’sirchan aralashuvi– bu,
bevosita,
umumiy milliy va mahalliy miqyosdagi investitsiya dasturlarning ishlab
chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim hollarda ular
ro‘yobga oshirilishida bevosita, to‘g‘ridan–to‘g‘ri boshqaruv o‘rnatiladi.
Masalan, ma’lum muddatga belgilangan “Qurilishning
pudrat ishlari Dasturi
haqida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari har yil uchun tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: