Toshkent arxitektura qurilish instituti


 – rasm. YoAJ MJS ning tuzilma sxemasi



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

3.12 – rasm. YoAJ MJS ning tuzilma sxemasi. 


94 
MCHJ egalari rahbarlik faoliyatiga nisbatan yuqori professional 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatlari natijalaridan bevosita 
manfaatdor bo‘luvchi sobiq BIB rahbariyati hisoblanadi.
Investitsiya va investitsion sikli
. Bozorda 
iste’molchi – bajaruvchi 
munosabatini qurilish investitsiyalar va 
investitsiya sikli
(IS) tushunchalari bilan 
bog‘liq. 
Investitsiyalar 
– daromad olish yoki ijtimoiy natijalarga erishish 
maqsadida korxonaning faoliyat ob’yektlariga jalb qilinadigan mol–mulk va pul 
mablag‘lari hisoblanadi. Pul mablag‘laridan tashqari, investitsiya sifatida bank 
kreditlari, qimmatbaho qog‘ozlar, qurilmalar, patentlar, litsenziyalar va boshqa 
mol-mulk va mol-mulk huquqi o‘rin tutishi mumkin, ulardan foydalanish bilan 
iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraga erishiladi
.
Investitsiya faoliyat ishtirokchilari (sub’yektlari) – vositalarni 
sarflaydigan 
investorlar
, shuningdek quruvchilar, buyurtmachilar, pudratchilar, 
yetkazib beruvchilar, loyihalash tashkilotlari, bank, sug‘urta tashkilotlari, 
vositachi tashkilotlar va quriluvchi ob’yektlardan foydalanuvchilar bo‘lib kelishi 
mumkin.
Investitsiya faoliyati sub’yektlari bir necha funksiyani birga bajarishlari 
mumkin: jumladan, quruvchi va buyurtmachi, buyurtmachi–loyihalashtiruvchi–
quruvchi–foydalanuvchi va shu kabi tartibda namoyon bo‘lishlari mumkin. 
Investor mustaqil investitsiyaning o‘lchami va yo‘nalishlariga mustaqil aniqlik 
kiritadi, uning samaradorlik darajasi(rentabelligi)ni aniqlaydi. U ro‘yobga 
oshirish jarayoniga shartnoma asosida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni 
jalb etish huquqiga ega hisoblanadi.
Hatto, «sof kapitalizm» tuzumi qaror topgan mamlakatlar masalan, AQSH 
da korxona egalarining tezkor tavsifli faoliyatiga aralashmagan, turli tartibga 
soladigan (regulyatsiya) chora–tadbirlar amalga oshirilishi: jumladan, 
xarajatlarni qoplay olmaydigan korxonalarga ko‘maklashish (dotatsiya berish), 


95 
subsidiya berish, byudjet hisobidan qarz berish, imtiyozli kreditlar ajratilishi, 
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilishi va rag‘batlantirish 
me’yorlari kabi chora–tadbirlar bilan o‘z investitsion siyosatini muntazam 
amalga oshirish mumkinligi qayd etiladi. Shuningdek, bu maqsadlarda davlat 
miqyosidagi me’yor va standartlarga amal qilishni, yer maydonlaridan va 
boshqa tabiiy resurslardan foydalanish shartlariga amal qilishni nazorat qilish, 
mutlaq yakka hokimlikka (monopoliya) qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, 
davlat mulkining xususiylashtirilishi va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash chora–
tadbirlardan foydalaniladi. Davlatning ta’sirchan aralashuvi– bu, bevosita, 
umumiy milliy va mahalliy miqyosdagi investitsiya dasturlarning ishlab 
chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim hollarda ular 
ro‘yobga oshirilishida bevosita, to‘g‘ridan–to‘g‘ri boshqaruv o‘rnatiladi. 
Masalan, ma’lum muddatga belgilangan “Qurilishning pudrat ishlari Dasturi 
haqida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari har yil uchun tasdiqlanadi. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin