96
Barcha rivojlangan mamlakatlarda qurilish sohasida ob’yektlarni qurishda
muddatlarning qisqartirilishiga intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi,
bunda
investitsiya sikli davri sarflangan vositalarning qaytarilishi bilan, ishlab
chiqarish miqyosidagi qurilishda esa –fan va texnika yutuqlarining joriy qilinishi
samaradorligi, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari samardorligi bilan
belgilanadi.
Bu
markazlashtirilgan
rejalashtirish
va
davlat
tomonidan
moliyalashtirilish sharoitlarida qurilish davomiyligi ahamiyatga ega bo‘lmagan
degani emas. Sobiq Davlatqurilish (
Gosstroy
) tomonidan loyihalash va qurilish
davri me’yorlarini davriy qayta qarab chiqish tartibi tasdiqlangan bo‘lib, bunday
hodisaga ma’lum turtki berish uslublari va ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Xususiy investorlar paydo bo‘lishi bilan, loyihaning
amalga oshirilish
davri moddiy qiymat sifatida baholanadigan bo‘lib, ya’ni «
vaqt – bu pul
» naqli
qurilish davomiyligida o‘z ifodasini topdi. Faoliyatining mazmun – mohiyati
asosan daromad olishga qaratilgan xususiy investor ma’lum
bir loyihaga
sarmoya sarflashda investitsiya sikli muddatlari qisqarishidan manfaatdor. Bu
vazifaning hal qilinishi tashkiliy jihatdan investitsiya siklining har bir bosqichini
bajarish muddatlarini qisqartirish yo‘li bilan amalga oshirilib,
shuningdek,
bunda uning bosqichlarini imkon qadar birga bajarish nazarda tutiladi (3.13 –
rasm).