Toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm. Investitsiya sikli bosqichlarining birga bajarilish sxemasi (namunaviy misol)



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

3.13-rasm. Investitsiya sikli bosqichlarining birga bajarilish sxemasi (namunaviy misol). 
 
Amaliyotdan ma‘lum bo‘lishicha, bu maqsadga innovatsion sikl nazorati 
to‘lig‘icha yoki uning asosiy qismi yagona rahbarlik ostida ro‘yobga oshirilishi 
eng yaxshi natija beradi deb hisoblanadi. So‘nggi vaqtlargacha bu ko‘rinishdagi 
sxema yirik va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga maksimal 
yaqinlashtirilgan. Agar bu ko‘rinishdagi boshqaruvda buyurtmachi funksiyasi 
ham amalga oshirilsa, u holda innovatsiya sikli bitta qo‘lda bo‘lishi qayd 
qilinadi, bu holat o‘z – o‘zidan yuzaga keladigan keng ko‘lamli muammoli 
masalalarni bartaraf qilish imkonini beradi va natijada davomiylik qisqarishi va 
mos ravishda, sarflangan vositalarning qaytarilishi darajasi ortishiga erishiladi.
Investitsiya 
sikli 
ishtirokchilarining 
integratsiyalashuvchi
(birlashishi). Bozor munosabatlarining rivoji turar-joylar qurilishida 
ixtisoslashish chuqurlashuviga olib kelgan. Oldingidek uy qurilishi kombinatlari 
katta hajmda bajaradigan, ommaviy tavsifdagi qurilishlardan farq qilib
majmualar ko‘rinishida yaxshilangan va saralangan (
elita
) uy – joylar qurishga 
ehtiyoj yuzaga kelib, bunda bu uy–joylar me’morchilik–konstruksiya 
yechimlari, muhandislik qurilmalari, pardozlash ishlari va foydalanish davri 


98 
davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha betakror tavsifga ega. Bu esa, 
nisbatan yuqori malakali kadrlarni tanlab olish va tegishli materiallar va 
qurilmalarni jalb qilish zaruratini yuzaga keltirish, bilan birga butkul yangicha 
tashkiliy shakllarni joriy qilishni ham talab qiladi.
Quyida turar joy qurilishi sohasida ushbu maqsadlarga mos yangi 
tashkiliy shakllar keltirilgan. Ushbu kompaniyalarning tashkil etilishi turar-
joylar sifatiga iste’molchilarning talabi tavsiflari o‘zgarishi sabab bo‘lgan.
«SUI – xolding» (
QBI – xolding
) YoAJ (QBI – Qurilish – Boshqarish – 
Investitsiya) turar-joylar va fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan 
qurilishlarda zamonaviy tashkiliy shakllariga misol bo‘lib, bu shakl qurilish 
ob’yektlari egalariga «kalitini» topshirish tavsifida investitsiya sikilni 
integratsiyalash bilan ro‘yobga oshirish imkonini beradi. Xolding tarkibiga 
(2.2–bobga qarang) aksiyadorlik jamiyatlari kiritilib, ularning har biri 
investitsiya siklida ma’lum bir faza (bosqich) bajarilishini ta’minlashi nazarda 
tutiladi (3.14-rasm). Xo‘jalik faoliyatini yuritishning yagona tavsifliligi barcha 
ishtirokchi aksiyalarining xolding boshqaruvida yig‘ilishi orqali ta’minlanadi.
Xolding quruvchi va buyurtmachining barcha funksiyalarini o‘z 
zimmasiga oladi. 1990–yillarda ana shunday firmalar tomonidan Moskva 
hududida Gazsanoati (
Gazprom
) uchun baland ma’muriy binolar, umumiy yer 
maydoni hajmi 300 000 km
2
dan ortiq o‘quv va turar joy binolari, shuningdek 
qator boshqa turdagi ob’yektlar qurilgan.
«QBI – loyiha» (YoAJ) firmasining tarkibi ikkita kenja bo‘linmadan 
tashkil topgan. Qurilayotgan ob’yektlarning ma’muriyati 
buyurtmachi – 
quruvchi
funksiyalarini bajaradi; bosh me’mor xizmati tashqi bajaruvchilar bilan 
tuzilgan shartnoma bo‘yicha loyihalashtirilgan ishlar bajarilishini ta’minlaydi va 
istiqboldagi rivojlanishni rejalashtiradi. Shartnomalar boshqaruvi xizmat 
ko‘rsatuvchi bo‘linmalardan tashkil topadi.


99 
«Lakistroy» firmasi umumiy qurilish ishlarini amalga oshirishga 
mo‘ljallangan, «Lakistroy – monolit» firmasi esa – yangi texnologik yo‘nalishni 
ya’ni monolit beton asosida qurilishni bajarishga ixtisoslashtirilgan. «Lakistroy 
– treyd» firmasi – ta’minot-jamlash tavsifidagi tashkilot bo‘lib, betakror binolar 
qurilishida nisbatan murakkab materiallarni yetkazib berish majburiyatini 
zimmasiga oladi.


100 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin