82
Hisobxona
xo‘jalik faoliyati hisob-kitoblarini yuritadi, moddiy qimmatga
ega vositalar va pul mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini olib boradi,
nazorat
qiladi. Bosh hisobchi tashkilotning bosh auditori hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonasi bo‘limi
trestda beton va qorishmalar
tayyorlaydigan qurilmalardan foydalanish, beton va temirbeton konstruksiyalar
poligonlardan foydalanish, yog‘och materiallar sexlari
va ustaxonalari va shu
kabi boshqa ishlab chiqarishni tashkil qiladi; shuningdek,
ular uchun
rejalashtirilgan ishlarni bajarishga oid vazifalarni ishlab chiqadi, ularning ishlab
chiqarish – xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi va mahsulotlarni taqsimlaydi.
Maslahatchi – huquqshunos
(huquqshunoslik bo‘limi) huquqiy
xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi: ya’ni,
buyurtmachi, pudratchilar,
ta’minotchilar va boshqa o‘zaro shartnoma tuzadigan tomonlar o‘rtasida
shartnoma – bitimlarining tayyorlanishida ishtirok etadi; da’vo
arizalarini
tayyorlaydi, arbitraj va fuqarolik sudlarida o‘z tashkiloti nomidan ishirok etadi;
barcha huquqiy mazmundagi masalalar bo‘yicha maslahatlar berishni amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: