81
Bosh mexanik
katta trestlarda bosh muhandisning ishlarni
mexanizatsiyalashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida bo‘limga
boshchilik qiladi. Uning majburiyatlari tarkibiga xususiy va ijaraga olingan
mashinalar jami (parki), mexanizmlar va qurilmalardan foydalanishni tashkil
qilish va bu jarayonni nazorat qilish; buyurtma topshiriqlari va shuningdek
tegishli loyihalashga oid va smeta hujjatlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri
rasmiylashtirishni ta’minlash, mexanizatsiyalashtirishda subpudratchilar ishini
muvofiqlashtirish va trest ob’yektlarida ular bajaradigan ishlari ustidan nazorat
qilish; ta’mirlash – mexanik ustaxonalar ishlari ustidan nazorat o‘rnatish; yangi
mashinalar, qurilmalar va jihozlash vositalarini joriy qilish kabilar kiritiladi.
Bosh energetik
bosh muhandisning energiya ta’minoti bo‘yicha
o‘rinbosari hisoblanadi. U energiyaga oid xo‘jalikni va trest ob’yektlarida ushbu
sohaga oid aloqa tashkil qiladi va undan foydalanishni nazorat qiladi; ayrim
hollarda elektr montaj ishlarini bajaruvchi subpudratchi tashkilotlar ishlarini
nazorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: