Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Rejalashtirish bo‘limi
pudratchilik va subpudrachilik ishlarining 
istiqboldagi, yillik va tezkor tartibdagi rejalarini; shuningdek, korxonaning 
faoliyat rejasini va qurilish tashkilotining xo‘jalik faoliyati rejasini tuzib chiqadi; 
ijrochilargacha beriladigan topshiriqlar rejalarini amalga oshiradi, ularning 
bajarilishini hisobga olib borishni tashkil qiladi va hisobotlar tuzadi; 
buyurtmachilar bilan qurilish ichida lavozimlar ro‘yxatini kelishib oladi; ishlab 
chiqarish va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha iqtisodiy tahlillarni amalga oshiradi va 
qurilish tashkilotining ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif – 
tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish bo‘limi 
ishlab chiqarishga tayyorgarlik bilan 
shug‘ullanadi yuritadi (bosh texnolog bilan hamkorlikda); qurilish – montaj 
boshqarmalari va uchastkalarining ishlab chiqarishga oid faoliyatini, quvvat va 


80 
ob’yektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishini yo‘naltiradi, tizimli tarzda nazorat 
qiladi va duch keladigan ishlab chiqarish (ishlarni bajarish) muammolarini 
yechishni tashkil qiladi; texnologik jihatdan ketma–ketlikka mos ravishda, 
qurilish boshqarmalari va subpudratchi tashkilotlar ishlarining bajarilish 
muddatlarini muvofiqlashtiradi; qurilish grafiklarini va undan kelib chiqib, 
qurilishni moddiy–texnik resurslar bilan ta’minlanishini aniqlaydi, ularni 
qurilish maydoniga yetkazib berish grafigini tuzib chiqadi.
Boshqaruvning dispetcherlik shaklida tuzilgan ishlab chiqarish bo‘limi 
funksiyasi asosan ishlab chiqarish tayyorlanishi bilan cheklanadi.
Texnik bo‘lim
buyurtmachilardan loyiha – smeta hujjatlarini qabul 
qilishni amalga oshiradi, uning o‘z vaqtida kelib tushishini, tarkibiy jihatdan 
jamligini va sifatini nazorat ostiga oladi; qurilish boshqarmasida va subpudratchi 
tashkilotlarda texnik hujjatlarning yuritilishini ta’minlaydi; trestning boshqa 
quyi bo‘linmalari bilan birga, texnik jihatdan rivojlanish rejalarini va tashkiliy–
xo‘jalik chora–tadbirlarini ishlab chiqadi; rivojlangan konstruksiyalar va 
samarali materiallardan foydalanish chora – tadbirlarini amalga oshiradi; texnik 
axborot bilan ta’minlaydi; trestda kashfiyot – ixtirochilik va ratsionalizatorlik 
ishlariga rahbarlik qiladi. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin