Toshkent arxitektura qurilish instituti


Boshqaruvchining o‘rinbosari



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Boshqaruvchining o‘rinbosari 
moddiy – texnik ta’minotni tashkil qiladi, 
ishlab chiqarishda transport, xo‘jalik xizmatlari, shuningdek trest jamoasi uchun 
kommunal – maishiy turmushga oid xizmatlarni tashkil qiladi. Unga jamlash 
(yoki ta’minot mahkamasi), transport bo‘limlari, ma’muriy xo‘jalik bo‘linmasi 
(MXB), turar joy – kommunal mahkamasi (TJKM) va qurilishni loyihalash 
tashkilotlari (QLT) kabilar bo‘ysunadi. Yirik trestlarda bu funksiyalar 
boshqaruvchining ikki – uch o‘rinbosari o‘rtasida taqsimlanadi. Qurilishni 
boshqarishdagi umumiy o‘zgarishlar (tendensiya) – bu qurilish tashkilotini unga 
xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish, turar joy – kommunal xo‘jaliklar, 
madaniy yo‘nalishdagi ob’yektlar tarkibi va shukabilarnilarni tashkil qilishni 
qarab chiqishdan iborat hisoblanadi. Bundan farqli o‘laroq, alohidalangan va 


79 
infratuzilmalar rivojlanmagan hududlarda ham quruvchilar bari–bir ushbu 
turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari zarur. 
Boshqaruvchining iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
(bosh 
iqtisodchi) trestning rejalashtirishga oid – iqtisodiy ishlarini boshqaradi, xo‘jalik 
va moliyaviy faoliyatni tashkil qiladi, trest ishchi – xodimlari, texnik – iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni yaxshilash chora –tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 
So‘nggi yillarda bu lavozim katta trestlarda joriy qilingan. Boshqaruvchi 
o‘rinbosarlari o‘rtasida majburiyatlar iqtisodiy ishlar bo‘yicha rejalashtirish – 
iqtisodiy, smeta – shartnomalar, mehnat bo‘limlarini boshqarish kabi 
taqsimlanish mumkin. 
Uning bosh hisobchi xizmati bilan uzviy bog‘liq holda ish olib borishi 
talab qilinib, bosh hisobchi xizmati bevosita boshqaruvchiga bo‘ysunadi.
Trest apparatining tarkibiy tuzilmasi – bo‘limlar, xizmatlar va boshqa 
quyi bo‘linmalardan tashkil topadi. Ular boshqaruvchi tomonidan tasdiqlangan 
qoidalar va tartiblar (nizom) asosida faoliyat olib boradi, bo‘linmalarga rahbarlar 
tayinlanadi va ularning faoliyatlari tartibga solinadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin