74
shuningdek bir nechta ishlar turlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ishlarni
amalga oshirish davrida brigadalarga zarur qurilish mashinalari, qurilmalar,
vagon turidagi umumiy yotoqxonalar va ombor inshootlari ajratib beriladi.
Brigadalarga inventar moslama va anjom – uskunalarning to‘liq jamlamasi
biriktiriladi.
2.
Ishlab chiqarish faoliyatiga xizmat ko‘rsatadigan kenja bo‘linmalar –
mexanizatsiya boshqarmasi (MB), avtotransport korxonasi (ATK), IChTJB –
Ishlab chiqarish – texnologik jamlash boshqarmasi, ishlab chiqarish bazasi
(statsinar tavsifda) va harakatchan turda (harakatlanuvchi korxona, sex,
poligonlar, BQB
– Beton – qorishmasi bo‘g‘ini, qozonxona, elektr stansiyasi va
h.k.)
3.
Navbatchilik asosidagi (
vaxta
) istiqomat posyolkalarida hayot faoliyati
va kundalik – maishiy turmush shart – sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha maxsus
bo‘linma tashkil qilinadi.
Harakatchan qurilishning o‘ziga xos xususiyatlari – uning tarkibida
ekspeditsiya, navbatchilik asosida (
vaxta
), ekspeditsiya – navbatchilik asosida
(
vaxta
) mehnatni tashkil qilish shakllari mavjudligi. Bu uslublar ko‘plab
umumiy xususiyatlari egaligi bilan birga, ayrim tarkibiy elementlari bilan
farqlanadi: jumladan, ular boshqaruv tuzilmasi, mehnat va dam olish rejimi,
ijtimoiy infratuzilmalarning tashkil qilinishi va shu kabilar bilan bir – biridan
farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: