69
kombinat boshqaruvi – zavodlar, montaj boshqaruvi – ishlab chiqarish
sexlari, qurilish oqimlari. Bu turdagi uy qurish kombinatlari tarkibiga uylarning
turli qismini qurishga ixtisoslashgan, qurilish – montaj boshqaruvi (MB) va
ishlab chiqarish zavodlarini qamrab olgan – birlamchi kenja bo‘linmalari
bo‘lgan qurilish trestlariga o‘xshaydi. Bu turdagi uy qurish kombinatlari
miqdoriga ko‘ra barcha uy – joy qurish kombinatlarining 1/10 qismini tashkil
qilsa ham to‘rtdan bir qism quvvatini o‘zida mujassamlashtiradi. Moskva
turidagi uy – joy qurish kombinatlarida keng ko‘lamli ishlab chiqarish jarayoni
ixtisoslashish ya‘ni navbatdagi chuqurlashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarishni
takomillashtirish uchun qo‘shimcha shart – sharoit paydo qiladi. Aralash turdagi
uy – joylar qurilishi kombinati birinchi va ikkinchi turdagi uy – joylar qurilishi
kombinatlari belgi – xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda uy – joy
kombinat zavodlari mustaqil balansni tashkil qilsa, qurilish oqimlari esa, uy –
joy qurish kombinati balansida bo‘ladi. Ishlab chiqarish sektorida boshqaruv
sxemasi uchta zvenodan: ya’ni, kombinat boshqaruvi – zavod – sex, bo‘lsa
qurilishga oid sektorda esa – ikkita zvenodan tashkil topadi: ya’ni, kombinat
boshqaruvi – oqim (uchastka).
Dostları ilə paylaş: