101
«Lakistroy – injiniring» firmasi tashqi muhandislik tarmoqlari bo‘yicha
butun ishlar majmuasini bajaradi. «Rus – Inv. M.» firmasi (AJ) xoldingga
tegishli bo‘lgan barcha ko‘chmas mulklarni boshqarish
uchun tashkil qilingan
(rasmda ko‘rsatilmagan).
Nisbatan kichik hajmli, tor doirada ixtisoslashtirilgan ishlar tashqi
(sub)pudratchilar tomonidan bajariladi.
Zamonaviy qurilish firmalarida kompyuterlashtirishdan, ayniqsa
loyihalash sohasida keng ko‘lamda foydalaniladi.
«QBI – xolding» turli xil birlashmalarni tashkil qilish yo‘li
bilan
rivojlanishda davom etmoqda, jumladan hamkorlikdagi sarmoyalar bilan
kompaniyalar, yirik loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish asosidagi
assotsiatsiyalar tashkil qilinishi qayd qilinadi. O‘zining xususiy sarmoyasi
to‘planib
borishi bilan, xolding investor sifatida faoliyatga kirish
imkoniyatlariga ega bo‘lib, bu uning oldida yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Integratsiyaning zamonaviy shakllariga yana bir misol sifatida huquqiy
jihatdan mustaqil, xususiy korxona – «AMMY – qurilish» («DONstroy»)
(AMMY – alohida maqsadlarga mo‘ljallangan uylar) YoAJ ni ko‘rsatib o‘tish
mumkin.
«DONstroy» tashkiliy tuzilmasiga investitsion siklning barcha
ishtirokchilari kiritilgan:
Birlashmaning (YoAJ) barcha ishtirokchilari
uchun moliyaviy va
huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi, buyurtmachi – quruvchi xizmati;
Me’morchilik – loyihalash tashkiloti va konstruksiya byurosi (OAJ);
O‘z tarkibida to‘qqizta umumiy qurilishga oid va ixtisoslashtirilgan
boshqarmalarni birlashtiruvchi qurilish tresti (OAJ); trest tarkibi metalldan
ishlangan konstruksiyalar, alyumindan ishlangan vitrajlar, plastik deraza romlari
va boshqalarni ishlab chiqarish sexlari bilan birgalikdagi katta ko‘lamdagi ishlab
chiqarish – jamlash bazasiga ega bo‘lib, baza tarkibida mexanizatsiya
102
boshqarmasi ko‘tarish qurilmalari (
kran
), yer qazish mashinalari,
beton ishlari
uchun mo‘ljallangan qurilmalar va boshqalar bilan ta’minlashni amalga oshiradi,
cho‘qqi («
pik
») holatidagi davrda trestda 8 000 – 9 000 kishi ish bilan band
bo‘lishi va bu tarkib kelib tushadigan buyurtmalarga muvofiq belgilanib, bu
holat bozor munosabatlari sharoitlari uchun xos xususiyat hisoblanadi;
Binolardan foydalanish xizmati (OAJ).
Yuqorida keltirilgan ro‘yxat tarkibidan ko‘rish mumkinki, tashkilot
tuzilmasi butun investitsion sikl majmuini o‘z ichiga qamrab oladi. Yuqoridagi
misolda sanab o‘tilgan funksiyalarga qo‘shimcha
ravishda, «DONstroy»
saralangan (
elita
) tavsifdagi turar-joylar majmualarini qurishni tugallash
ishlarini ta’minlab berishi qayd qilinadi (jumladan, Moskva hududida «Алые
паруса» (Alvon yelkanlar), «Triumf – Palas» (G‘alaba – Maydoni) kabi turar
joy majmualari qurib bitkazilgan), shuningdek Rossiya va xorijiy qurilish
amaliyoti uchun xos bo‘lmagan, foydalanish va servis xizmatlari ko‘rsatishni
tashkil qiladi.
«Sentr Polikvart» OAJ (xolding) innovatsion siklning barcha bosqichlarini
o‘z ichiga qamrab oladi (3.15-rasm). Bu yerda alohida xizmat sifatida marketing
ajratilib ko‘rsatilishi qiziqish uyg‘otib, shuningdek axborot texnologiyalarining
loyihalash faoliyatida joriy qilinishi va rivojlantirilishi uchun alohida bo‘lim
joriy qilingan.
Keltirilgan misollardan ko‘rish mumkinki, boshqaruv tuzilmasi tarkibida
mustaqillikdan avvalgi rejalashtirilishni markazlashtirish bilan bog‘liq
bo‘linmalarning (rejalashtirish xizmatlari, mehnat va ish haqi to‘lash bo‘limi)
tugatilishi
va shuningdek, bunda sof bozor munosabatlari ta’sirida yuzaga
kelgan yangi bo‘limlar (marketing, huquqiy xizmat) shakllanishi kuzatiladi.
O‘zbekistonda qurilish amaliyoti uchun mutlaqo yangi tavsifdagi, shartnoma
tuzilishi asosida qurilishda mavjud barcha masalalar yuzasidan,
jumladan
loyihalarning asoslab berilishidan tortib, boshlang‘ich tadqiqotlarni olib borish
103
va loyihalashning barcha sikllari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ob’yektlarni
qurish va qurib bitkazilgan ob’yektlarni foydalanishga topshirish va
o‘zlashtirishgacha barcha masalalarni yuqori kasbiy mahorat (
professional
)
darajada xizmat ko‘rsatuvchi firmalar tashkil qilinishi qayd qilinadi. Bu firmalar
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar spektri tarkibiga maslahat berish
(konsalting), shuningdek umumiy holda loyihaning alohida bosqichlarida yoki
uning to‘lig‘icha ro‘yobga oshirilishida rahbarlikni o‘z zimmasiga olish ham
kiritiladi.
Qurilish hajmi ortishi bilan uni tashkil qilish
tavsiflarining geometrik
progressiya asosida keskin murakkablashishi ham qayd etilib, shuningdek
axborotning qayta ishlanishi ortib, ushbu holatga bog‘liq muhandis–texnik va
boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanadigan ishchi–xodimlar (
personal
) soni
ortishi kuzatiladi. Boshqaruv apparatining o‘sib borishiga qaramay,
boshqaruv
sifati talab darajasi ancha ortda qolishi kuzatiladi.
Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri –boshqaruv sohasida mehnat
unumdorligining ortda qolishi bilan bog‘liq. Loyihalash va boshqaruv
texnologiyalarini kompyuterlashtirish boshqaruv mehnatining samaradorligini
oshirishi e‘tirof etilgan.
Dostları ilə paylaş: