Qurilish mahsulotini yaratuvchilari va uning iste’molchilari o‘rtasida.
89
Boshqaruv tizimining yuqori va quyi pog‘onadagi joylashgan bo‘linmalari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari
markazlashtirish
tushunchasi orqali
tavsiflanadi.
Markazlashtirish
(
tsentrilizatsiya
) tushunchasi barcha quyi
pog‘onada joylashgan organlar markazga bo‘ysunishlarini belgilab beruvchi
boshqaruv va tashkiliy tizim tushuniladi. Ushbu tizimning aksi, ya’ni
aks
markazlashtirish
(
detsentralizatsiya
) – bu umumiy holda markazlashtirish bekor
qilinishi yoki uning ta’sirini kuchsizlanishini anglatadi; boshqaruv jarayoniga
nisbatan tatbiq etganda bu tushuncha yuqori pog‘ona boshqaruv organlarining
funksiyalari, huquq va javobgarliklarini ularga nisbatan quyi yoki parallel
joylashgan organlarga uzatilishini anglatadi.
Ayrim hollarda, shu maqsadlarda
integratsiya
ya’ni biror qismlarning
umumiy holda birlashtirish tushunchasidan foydalaniladi; iqtisodiyotda bu
tushuncha o‘zaro iqtisodiy, ishlab chiqarishga oid va tashkiliy hamkorlikni
kengaytirishga moslashish jarayonlari sifatida ifodalanadi. Mos ravishda,
aks
integratsiya
(
dezintegratsiya
) tushunchasi – umumiyning qismlarga ajratilishi va
tub mohiyatni tashkil qilgan tashkilotlar tarkibidagi aloqadorlik to‘liq
yo‘qotilishini ifodalaydi.
Bu holda bir – biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqlikka ega bo‘lgan
markazlashtirish va aks markazlashtirish jarayonlari bozor munosabatlari
asoslaridan birini tashkil qiladi.
Yirik va ierarxik (boshqarishning ko‘p bosqichli tuzilmasi) tavsifga ega
bo‘lgan tuzilmalarning aks markazlashtirilishi
bu bozor munosabatlari
sharoitida keng ko‘lamda markazlashtirilgan, davlat ishtirokidagi turli shaklli
birlashmalardan voz kechib aksiyadorlik jamiyatlari, trestlar shakllanishi
hisoblanadi. Yangicha shart–sharoitlarda bu ko‘rinishdagi ierarxik
tuzilmalarning ba’zi MDH davlatlarida, masalan, Rossiyada saqlanib qolinishi,
qator sabablar bilan belgilanadi: jumladan, davlat tomonidan (federal miqyosda,
federatsiya ob’yektlari, mahalliy boshqaruv organlari miqyosida) beriladigan
90
buyurtmalarning katta hajmliligi egaligi; qurilish alohida sohalarining murakkab
tavsifga egaligi qayd etib o‘tiladi; bu ko‘rinishdagi tizimlar birlamchi qurilish
korxonalarining ish bilan nisbatan to‘liq ta’minlanishi va resurslar bilan
ta’minlashni tashkil qilish imkoniyatini beradi, shuningdek ular tomonidan
bajariladigan qator funksiyalar alohida ko‘rinishdagi, katta bo‘lmagan
korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin emas.
Bunda ijrochilarning vaziyatdan kelib chiqib bevosita tashabbuskorligi va
manfaatdorligi susayishi qayd qilinadi. Shuning uchun noana’anaviy
tuzilmalarni shakllantirish afzalroq. Masalan, yuzaga keltirish mumkin bo‘lgan
variantlardan biri – eski tashkil qilish tizimini, ya’ni barcha boshqariadigan
bo‘linmalar faoliyatlarini ierarxik tavsifda muvofiqlashtiradigan birlashtiruvchi
tizimni birlamchi kenja bo‘linmalar o‘rnida barcha huquqlarga ega mustaqil
yuridik shaxs maqomidagi boshqaruv birliklarini yaratish. Ushbu jarayon
O‘zRda Qurilish vazirliklarini (Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi qurilish
vazirligi, Maxsus montaj qurilish Vazirligi va sh.k), Bosh Boshqarmalarini
(Toshkent shahri Bosh qurilish Boshqarmasi, Irrigatsiya va sho‘ro xo‘jaliklari
qurilishi Bosh Boshqarmasi va sh.k.), Assotsiatsiyalari (O‘rta Osiyo transport
qurilishi va sh.k.) yopilishiga olib kelgan. Shu bilan birga, qisman aks
markazlashtirish hisobiga, boshqaruvning bir necha pog‘onaliligini saqlagan
holda, katta firma imkoniyatlari bilan birga, kichik korxonalar mol-mulkini
birlashtirishga muvaffaq ham bo‘lingan (“O‘zbekiston avtomobil yo‘llari”).
Aks markazlashtirilgan (detsentrilizatsion) qurilish trestlari
. Qayta isloh
qilish davrida asosiy tashkiliy tuzilma trestlardan tashkil topib, uning tarkibida
bir necha qurilish boshqarmalari faoliyat olib boradi. Davlat trestni buyurtmalar
bilan ta’minlaydi, shuningdek moliyalashtiradi, moddiy–texnik resurslar bilan
ta’minlaydi; uning tarkibida rejalashtirish ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi va
jumladan, oylik maosh fondi tashkil qilinadi. Trest buyurtmachilar va
subpudratchilar bilan shartnomalar tuzishi, har bir qurilish boshqarmalari
91
bo‘yicha topshiriqlarni taqsimlashi, resurslarni uzatishi va topshiriqlarning
bajarilishini nazorat qilishi belgilanadi. Boshqaruv topshiriqlarning faqat tezkor
bajarilishida o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga o‘tish bilan vaziyat murakkablashgan, bunda moddiy – texnik
resurslar bilan ta’minlash bevosita qurilish boshqarmalari tomonidan amalga
oshirilishi nazarda tutilib, aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan trestlarning
roli esa – sezilarli darajada susayib ketishi va ayrim hollarda qisman nol
qiymatga tenglashishi kuzatiladi. Kenja bo‘linmalar mustaqil ish faoliyati
yuritishlari va aksiyadorlik jamiyatlaridan (sobiq trestlar) deyarli erkin ish olib
borishlari yuridik huquq va majburiyatlarga ega emas. Shu bilan bir vaqtda,
aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) ular uchun ma’lum majburiyatlarni (soliqlar,
moliyaviy javobgarlik va h.k.) o‘z zimmasiga olishlari kuzatiladi. Bu
ko‘rinishdagi vaziyat kenja bo‘linmalar asosida, mustaqil – OAJ, YoAJ va
boshqa shakllardagi yuridik maqomga ega tashkilotlarning tashkil qilinishi yo‘li
bilan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish zaruratini yuzaga keltirgan.
Aks markazlashtirish variantlaridan biri –aksiyadorlik jamiyatlari (sobiq
trestlar) tarkibidan tuzilmaga oid kenja bo‘linmalar (qurilish boshqarmalari)
asosida mustaqil tarzdagi yuridik shaxs maqomidagi bo‘limlarning ajratib
chiqarilishi hisoblanadi, o‘z navbatida ularga turli huquqiy maqom beriladi.
Bunda ajralib chiqish turli xil variantlarda amalga oshirilib, asosiy tashkilotga
iqtisodiy yoki ma’muriy bog‘langanlik darajasi saqlab qolinishi yoki
saqlanmasligi kuzatiladi.
Shunday qilib, masalan, 3.9-rasmda keltirilgan sxemadagi tuzilmaga ega
bo‘lgan, sobiq Moskvaturarjoyqurilish
(
Mosjilstroy
) tresti №5-QB YoAJ MJS
ga qayta o‘zgartirilgan. Xususiylashtirish bilan bog‘liq tarzda, tuzilma tarkibi
o‘zgartirilgan, shuningdek funksiyalar va apparat son miqdorida o‘zgartirishlar
amalga oshirilgan, bu holat 3.12-rasmda aks ettirilgan. Jumladan, ishchilar soni
30%ga oshirilib, bunda xizmat ko‘rsatuvchilar va ishchilar o‘rtasidagi nisbat 1:3
92
dan 1:4,6 ga qisqarishi qayd qilinadi. Solishtirma oylik ish haqi xususiy ish
kuchi hisobiga bajariladigan qurilish-montaj ishlari qiymatining 7-9% qismini
tashkil qiladi (avvalgi variantga solishtirganda, bu qiymat 17%ni tashkil
qilgan). Oylik ish haqi qiymati ulushi rivojlangan industrial mamlakatlarda
qaror topgan darajaga mos kelmaydi va bu hol hozirgi kunga qadar saqlanib
qolgan davlat (qarab chiqilgan holda mahalliy) miqyosidagi boshqaruv
elementlari saqlanib qolgani bilan izohlanadi.
Boshqaruv rahbariyati tarkibida boshliqdan tashqari, bosh muhandis va
boshliqning o‘rinbosari bo‘ladi. Shu bilan birga apparat qisqartirilgan va
rejalashtirish bo‘limi tugatilgan, ishlab chiqarish – texnologik bo‘lim (
IChTB
)
xodimlari tarkibiga ko‘ra o‘zgarishsiz, biroq ishchilarning funksiyalarida
o‘zgartirishlar joriy qilingan. Uning tarkibini uchta smeta tuzuvchi, jamlash
ishlari bo‘yicha muhandis va shartnomalar bilan shug‘ullanadigan xodim tashkil
qiladi. Ammo ta’minot apparati tarkibi kengaytirilgan bo‘lib, unga ta’minot
bo‘yicha muhandis, buyurtmalar berilishi va bajarilishini nazorat qiluvchi
dispetcher, undan tashqari omborchi kiritilgan. Joylarda uchastkalarga
(birlashma) birlashgan uch nafar texnik xodim ish olib borishi, ular ta’minotni
o‘z vaqtida ta’minlashlari belgilanadi. Hisobxona tarkibida ham 5 kishi o‘rniga
8 kishi ishlashi rejalashtirilgan. Mehnat bo‘yicha muhandis va
me’yorlashtiruvchi o‘rniga bitta me’yorlashtiruvchi joriy qilingan bo‘lib, uning
majburiyatlariga oylik maoshni hisob – kitob qilishda tabel hisobotini yuritish
kiradi. Bosh mexanik bo‘limida undan tashqari, uchastka mexanigi, energetik va
ishlab chiqarish ishlari loyiha (IBL) muhandisi o‘rni joriy qilingan.
Boshqa holda, «
Santexmontaj – 62 tresti
» YoAJ ga yangi yuridik maqom
berilishida (QB ga o‘xshash tarzda – Boshliq ishlari boshqaruvi – BIB)
mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida, unga asosiy kompaniya bilan
faqat o‘zaro manfaatdorlik asosida munosabatlarini ixtiyoriy tartibda tuzish
huquqi berilishi belgilanadi.
|