Toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilish – montaj boshqarmasi apparatining



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Qurilish – montaj boshqarmasi apparatining
tuzilmasi 
(QMB, QB) va 
unga teng huquqqa ega bo‘lgan tashkilotlar – montaj boshqarmasi (MB), ishlarni 
boshqarish boshqarmasi (IBB), harakatchan mexanizatsiyalashtirilgan 
kolonnalar (HMK), doimiy tavsifda faoliyat ko‘rsatuvchi qurilish-montaj poezdi 
(QMP), ko‘prik qurilishi poezdi (KQP) va boshqalar asosan trest tuzilmasiga 
o‘xshash bo‘ladi. Qurilish boshqarmasining ishlab chiqarish bo‘linmasi – 
uchastkadan tashkil topgan bo‘lib, uning boshqarishni katta (ishlarni) ishlab 
chiquvchi (
katta ish boshqaruvchi
) yoki (ishlarni) ishlab chiquvchilar (
ish 
boshqaruvchilar)
turadi. Katta ish boshqaruvchiga ish boshqaruvchilar va 
qurilish ustalari bo‘ysunib, ularning shtati qurilayotgan ob’yektning hajmi, 
navbati va murakkabligiga bog‘liq hisoblanadi.


83 
 
3.9-rasm. Umumiy qurilishga oid qurilish-montaj boshqaruvining tuzilma sxemasi. 


84 
Bundan tashqari, uchastkada hisoblovchi, tabelchi, omborchi kabilar 
bo‘lishi mumkin. Quyida keltirilgan 3.9 va 3.10-rasmlar qurilish-montaj 
boshqarmasi (QB) va umumiy tavsifdagi qurilish ishlarida harakatchan 
mexanizatsiyalashtirilgan kolonnalarning tuzilma sxemasi, keltirilgan, 3.11 – 
rasmda esa – katta ish boshqaruvchi uchastkasi ifodalangan 
ishlarni ishlab 
chiquvchi (
ish boshqaruvchi

bevosita ishlab chiqarishning boshqaruvchisi 
yoki tashkilotchisi hisoblanadi. Unga birlashgan uchastkada yakka boshliq 
sifatida ishlab chiqarish faoliyatining barcha jihatlari uchun javobgarlikni o‘z 
zimmasiga oladi.
Ish boshqaruvchining asosiy majburiyatlari tarkibiga: ishlar rejasining 
tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish; ishlarning talab qilingan sifatini 
ta’minlash; mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish kabilar kiradi.
Bu majburiyatlarni bajarish uchun ish boshqaruvchi loyihalash-smeta va 
texnologik hujjatlarni (QTL – Qurilishni tashkil qilish loyihasi, IBL – Ishlarni 
bajarish loyihasi) alohida qismlar bo‘yicha sinchiklab o‘rganib chiqishi zarur, 
shuningdek o‘z vaqtida materiallar, mexanizmlar, ehtiyot qismlar va boshqalar 
olinishi uchun buyurtma- arizalar berishda ishtirok etish yoki bu hujjatlarni tuzib 
chiqish; ishlar frontlarini tayyorlashni ta’minlash, ustalar bilan topshiriqlar va 
ishlarning qabul qilinishini rejalashtirish; ishlar jurnali va talab qilingan 
bajarishga oid hujjatlarni (keyinchalik ko‘rinmaydigan (yashirilgan) ishlar 
uchun dalolatnomalar ishlarning qabul qilinishi bo‘yicha dalolatnomalar va 
boshqalar) yuritilishi; o‘ziga tegishli ob’yektda mehnat muhofazasi va yong‘in 
havfsizligi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish; ratsionalizatorlik 
ishlarini tashkil qilish va qo‘l ostidagilar uchun keltirilgan taklif va tavsiyalarda 
hisob–kitoblarga ko‘maklashishi kiradi. 
Ish boshqaruvchi uchastkada qo‘l ostidagilarni ishdan chetlatish, ish 
topshiriqlarini tasdiqlash, qo‘l ostidagi ishchilariga, MTX – muhandis–texnik 


85 
ishchi-xodimlar va KXX – kichik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga 
rag‘batlantirish va jazo tariqasidagi jarimalar tayinlash huquqi kiradi.
Qurilish ustasi ishlab chiqarishda kichik boshliq hisoblanib, vazifalari 
tarkibiga qo‘l ostidagi jamoa (brigadalar, navbatchilar va boshqalar) ishlarining 
texnik va tashkiliy ta’minotini amalga oshirish kiradi. Usta ishchi hujjatlar (IX) 
va Ishlarni bajarish loyihasini (IBL) o‘rganib chiqishi talab qilinadi; shuningdek, 
ishlar frontini tayyorlash va zarur asbob-uskunalar va moslamalarni tayyorlashi; 
bolg‘usi turgan ishlarni bajarish uchun topshiriqlarni oldindan hisoblab chiqishi 
va topshiriqlar berishi; mehnat muhofazasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berishi; 
ishlar bajarish davomida tegishli o‘lchamlarni amalga oshirishi, boshqa turdagi 
asboblar asosidagi o‘lchovlarni bajarishi va moddiy resurslarning vaqtida kelib 
tushishini ta’minlashi, ishlar tugallanishi bilan esa – bajarilgan ishlarni miqdor 
va sifat jihatidan qabul qilishi, berilgan topshiriqlarni yopishi belgilanadi.
Usta ish bajaruvchiga bo‘ysunadi. Usta sifatida texnik xodimlar va oliy 
ma’lumotli yosh mutaxassislar tayinlanadi, bu bilan ishlab chiqarish 
tashkilotchisi sifatida ishlarni bajarish bosqichida birlamchi tajriba orttirishi 
ko‘zda tutiladi.


86 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin