107
2-guruh
– natija, ya’ni daromadlar va chiqimlar (sarf-xarajatlar) qanday
bo‘lishidan qat’i nazar,
to‘liq javobgarlikni
o‘z zimmasiga oladigan firmalar,
ular o‘z hisobidan qoplamalarni amalga oshirishi talab qilinadi, ya’ni
mavjud
ehtimoli havf – xatarni o‘z zimmalariga oladilar («
at risk
» firmalari). Bunga
misol sifatida bosh pudrat bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga oladigan
firmalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bosh pudratchi
orqali barcha moliyaviy
oqimlar o‘tishi amalga oshiriladi, u subpudratchilarni yollaydi va ularga
to‘lovlarni amalga oshiradi, materiallarni sotib olish va qurilmalarni sotib olishni
ta’minlaydi va h.k. U Loyiha qanday natija bilan yakunlanganligidan qat’i nazar,
daromadni hech kim bilan bo‘lishmaydi. Bu holatlar ikkita qutb ko‘rinishidagi
misollar bo‘lib, ularning tarkibiga ko‘p sonli oraliq
variantlarni ham kiritish
mumkin.
AQSHda qurilishda tashkil qilishning asosiy uch uslubidan foydalaniladi:
jumladan,
an’anaviy – bosh pudratchilikka asoslangan
,
loyiha – qurilish
va
loyiha – menejerlik uslublari
. Bundan tashqari, quyida keltirilgan kabi, ular
kombinatsiyalaridan foydalanish ham mumkin. Har bir uslub o‘zining aniq
afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lib,
bu holda mulk egasi oldida
belgilangan maqsadlarga erishish aynan unga bog‘liq, murakkab tanlash
masalasi ko‘ndalang kelishi kuzatiladi.
An’anaviy – bosh pudratchilikka asoslangan uslub
(
General
Contractor
). Bu ko‘rinishdagi tashkil qilish sxemasida
ikki nafar mustaqil
ishtirokchi qatnashadi: ya’ni, loyihalashtiruvchi va quruvchi – bosh pudratchi.
Mulk egasi Loyiha hujjatlarini bajaruvchi loyihalashtiruvchini ishga yollaydi.
Hujjatlar jamlamasini olish asosida mulk egasi muayyan bosh pudratchilar
bilan shartnoma tuzish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashga kirishishi mumkin
yoki tanlov asosida savdoni (tender) e’lon qilib ishni eng ma‘qul narxni taklif
etilgan g‘olibga ishni topshiradi. Bosh pudratchi shartnomada keltirilgan shartlar
va talablarga aniq muvofiq. Loyihani bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.
108
Bolg‘usi turgan qurilishning murakkablik darajasiga bog‘liq, ishlar o‘z kuchlari
hisobiga yoki subpudratchilarni ishga jalb qilish yo‘li bilan bajarilishi mumkin.
Har qanday holda ham shartnomaning bajarilishi uchun uning o‘zi javob beradi.
Bu qurilish uslubi hozirgi vaqtgacha ustun hisoblangan uslub sifatida o‘rin
tutadi. 3.17–rasmda ushbu uslubda ishlarni yuritish davomida qurilish
ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari sxemasi keltirilgan.
Qurilishning an’anaviy uslubi yagona bosh pudratchi bilan tuzilgan
shartnoma asosida quyidagi holatlarni nazarda tutadi:
Loyiha hujjatlari va xususiy qurilish bo‘yicha
majburiyatlar
va javobgarlikning taqsimlanishi;
Mulk egasi butun Loyihada keltirilgan qurilish bajarilishini
yagona bosh pudratchiga (BP) topshiradi;
Faqat bosh pudratchigina mulk egasi bilan shartnoma
munosabatlarini o‘rnatadi;
Bosh pudratchi barcha
subpudratchlar va barcha
ishtirokchilar uchun javob beradi, barcha ishlar va chora – tadbirlarni
yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi hamda mulk egasi oldida Loyihaning
bajarilishi uchun barcha majburiyat va javobgarlikni o‘z zimmasiga
oladi.