Toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilishning xo‘jalik tavsifidagi uslubi



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
Qurilishning xo‘jalik tavsifidagi uslubi
. Mulk egasi –loyihalash va 
qurilishni boshqaradi, bunda u o‘zining u yoki bu ko‘rinishdagi bo‘linmalariga 
ega bo‘ladi. Ishlar mulk egasining xususiy kuchlar yoki asosiy va 
ixtisoslashtirilgan subpudratchilarning ishga jalb qilinishi bilan bajariladi.
Quyida keltirilgan, 3.20–rasmda Amerika firmalari boshqaruvining 
tashkiliy tuzilmasi aks ettirilgan bo‘lib, bunda chiziqli – funksional (chiziqli – 
shtabli tavsifida) sxema asosida tuziladi, uning tarkibida o‘z sohasi bo‘yicha 
malakali mutaxassislar jamoasi shtabi mavjud va, ular ma’lum aniq ob’yektlarda 
qurilish ishlariga bevosita rahbar (qurilish maydonida rahbarlik qiluvchi) kadr 
xodimlar bilan birga faoliyat olib boradi.


121 
 
3.20
 
– rasm. Amerikada faoliyat olib boruvchi qurilish firmalarining tashkiliy tuzilmasi. 
Shartli belgilashlar
:
* – Maydonchada;
Funksional bog‘lanishlar; 
Bo‘ysunish boyicha bog‘lanishlari. 


122 
Apparat (
shtab
) vazifasi – qurilishda menejerlarning muvafaqqiyatli 
ko‘rinishda ish bajarishlari uchun barcha shart – sharoitlarni yaratishdan tashkil 
topadi. Bu ko‘rinishdagi tuzilish nisbatan katta kompaniyalar uchun xos 
xususiyat. Kichikroq kompaniyalarda nisbatan oddiy va kamroq qiymatga ega 
bo‘lgan tuzilmalardan foydalaniladi.
Bosh direktor,
asosan faoliyatning strategiya va firmani rivojlantirish 
masalalarini hal qilib, birinchi navbatda buyurtmalarning ta’minlanishi 
masalasiga e’tibor qaratadi. Unga bevosita bosh menejer, bosh muhandis, 
ma’muriy menejer, shuningdek ijtimoiy aloqalar va huquqiy xizmatlar 
bo‘limlari bo‘ysunishi belgilanadi.
Bosh menejer
(Rossiya qurilish amaliyotida ishlab chiqarish bo‘yicha 
boshqaruvchi o‘rinbosari va bosh muhandis kabi) ishlab chiqarishga boshchilik 
qiladi. Unga bir nechta Loyiha menejerlari bo‘ysunib, ularning har birida bir 
yoki bir nechtadan ob’yekt bo‘lishi mumkin. Ular ishlarni rejalashtirishga 
tegishli barcha muhim masalalarni, pudratchilar va yetkazib beruvchilarni 
tanlash, belgilangan muddatlarning bajarilishi va byudjetni nazorat qilish kabi 
masalalarni hal qiladi. Kompaniyaning barcha funksional xizmatlari ular uchun 
ish bajaradi.
Bosh muhandisga
bo‘ysunadigan xizmatning vazifasi – subshartnoma 
tuzuvchilar (pudratchilar va yetkazib beruvchilar) uchun haq to‘lanishi smeta 
qiymatlarini tuzib chiqish va unga amal qilinishini nazorat qilishdan tashkil 
topadi.
Ma’muriy menejment hisobxona (jumladan, barcha o‘z firmalari 
ishchilari uchun oylik ish haqini hisoblash), sotib olishlar va moliyalashtirish 
bo‘limiga rahbarlik qiladi, shuningdek hujjatlashtirish bilan bog‘liq barcha 
texnik ishlarni (olish, hisobga olib, ko‘paytirish, jo‘natish va h.k.) ta’minlaydi. 
Mehnat munosabatlari bo‘limi
federal va mahalliy miqyosda joriy mehnat 
qonunchiligiga amal qilinishi uchun javobgar. U mahalliy (
locals
) kasaba 


123 
uyushmalari bilan shartnoma bitimini tuzadi, ya’ni shu kasaba uyushma a’zolari 
ishga jalb qilingan subpudratchi firmalarda faoliyat olib boradilar. Bu 
ko‘rinishdagi ishlar kasaba uyushmalari qamrab olmagan ishchilardan 
foydalanadigan subpudratchilar bilan ham amalga oshirilib, biroq bunda rasmiy 
kelishuv imzolanadi. Ular tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxatda 
kam sonli
aholi qatlamlari (afrioka – amerikaliklar, ispan tilida so‘zlashuvchilar va 
boshqalar) o‘zaro munosabatlarida siyosiy jihatlarga e’tibor alohida o‘rin tutadi. 
Federal hukumat, mahalliy boshqaruv organlari va kasaba uyushmalari ishga 
yollanadigan, shuningdek kam sonlilarga mansub ishchi – xodimlarga ega 
bo‘lgan subpudratchilar va yetkazib beruvchi firmalar orasida har bir toyfani 
shunday aholi qatlamiga mansub ishchilar bo‘yicha imtiyozlar (
kvota

berishning qat’iy shartlarini belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu yo‘nalishda 
kuchaytirish uchun rag‘batlantirish mexanizmlaridan foydalaniladi. Bu bo‘lim 
texnika havfsizligi ishlarini, ishchi – xodimlar malakasini oshirish va boshqa 
ishlarni yuritadi. Bu ko‘rinishdagi xizmatlar «
shiori
» – mehnat munosabatlarida 
ziddiyatsiz vaziyatni ta’minlash hisoblanadi. Shuningdek, bu bo‘lim alohida 
shaxobcha bo‘linmalar mavjud bo‘lmagan firmalarda o‘z ishchi – xodimlariga 
nisbatan munosabatlar bo‘yicha kadrlar xizmati funksiyasini bajaradi.
Ijtimoiy aloqalar va sotish bo‘limi 
o‘z kompaniyasining jalb qiluvchi 
ramzi, suvrati, o‘ziga xos belgi va xususiyatlarini (
imidj
) yaratish va uni qo‘llab 
– quvvatlash bilan bog‘liq faoliyat olib boradi. Buning uchun bo‘lim tomonidan 
seminarlar tashkil qilinadi va firma nufuzini belgilab beruvchi barcha chora – 
tadbirlarda ishtirok etiladi (jumladan, saylov kompaniyalarida, xayriya 
tadbirlarida va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashish e’tiborga olinadi). 
Umumiy holda, natijasi yangi buyurtmalar (sotishdan) iborat bo‘lgan 
marketing faoliyatini yuritadi.
Joylarda boshqaruvchi (lineynыe rukovoditeli-ITR rabotniki – eto 
rukovoditeli na mestax, na linii) ishchi – xodimlar 
bosh moddiy 


124 
ta’minotchilardan (
superintendant
) (prorab yoki uchastka boshlig‘iga o‘xshash) 
tashkil topgan bo‘lib, bu tarkib bir yoki bir necha superintendant yoki 
supervayzer (ya’ni, usta, ish boshqaruvchi)lardan iborat bo‘lishi mumkin. Unga 
loyiha muhandisi va ma’muriy menejer biriktirilib, ular joylarda boshqaruvchi 
xodim qo‘l ostida ish olib boradi va o‘z xizmatlari kesimi bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatilishini ta’minlaydilar. 
Ko‘rib chiqilgan sxema o‘z tuzilmasi, shuningdek, tegishli lavozimdagi 
shaxslar bo‘yicha ham namunaviy tavsifga ega hisoblanmaydi. Amaliy jihatdan 
har bir qurilish firmasi o‘z tashkiliy tuzilmasini mustaqil belgilaydi, 
lavozimlarga oid vazifalariga aniqlik kiritadi, ular joriy vazifalarini anglab 
yetishi va o‘zlari bilan bog‘liq qaror – yechimlarni hech qanday 
chegaralanishlarsiz qabul qilishni ta‘kidlovchi reglament ishlab chiqiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan boshqaruv uslublarining har biri o‘ziga xos 
afzallik va kamchiliklarga ega. Amaliyotda ularning barchasi ma’lum 
moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, amalda mavjud vazifalarga 
moslashishi qayd qilinadi. Shu sababli ma’lum aniq uslubning foydalanish o‘ta 
o‘ta aniq belgilash qiyin masala. Ushbu uslublar birlashtirilishi yangi tashkiliy 
tuzilmalarni yuzaga keltirib, bu konfiguratsiyalar berilgan vaziyatda yuqorida 
sanab o‘tilgan muayyan uslublarga nisbatan eng yaxshi uslub bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin