Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
 
4.3.1. Qurilishni tashkil qilish loyihasi 
Qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTL) - qurilish uchun ajratiladigan 
kapital mablag‘larning taqsimlanish (qurilishning taqvimiy grafigi to‘g‘rirog‘i 
qurilishning grafik shaklidagi taqvimiy rejasi – TR), qurilish ho‘jaligini tashkil 
qilishga mo‘ljallangan va maydonida barpo etiladigan vaqtincha bino va 
inshootlarni, ishlab chiqarish qurilmalari va uskunalarini, muhandislik 
kommunikatsiyalarini, shu jumladan yo‘l va yo‘laklarni aniqlash va oqilona 
joylashtirish (QBT) hamda yuqoridagilardan kelib chiqib aniqlangan resurslar 
ehtiyoji (QE) bo‘yicha ishlab chiqilgan hisob-kitob va grafik hujjatlar 
to‘plamidir.
QTL tarkibiga quyidagi asosiy loyiha hujjatlari kiradi: 

taqvimiy (kalendar) reja; 

asosiy va tayyorgarlik davrlari uchun qurilishning bosh tarhlari; 


141 

qurilish davomida va mos ravishda bajariladigan ishlar bo‘yicha 
resurslarga (ish kuchi, texnika, ashyo, konstruksiya, buyum va h.k.) 
bo‘lgan ehtiyoj. 
QTLning tarkibi qurilayotgan ob’yektlarning murakkabligi va 
xususiyatlaridan, maxsus uskuna va moslamalarni ishlatish ehtiyojidan, ayrim 
ishlarning xususiyatlaridan, qurilish maydoniga ashyo, buyum va 
konstruksiyalarni yetkazib berish sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘zgarishi 
mumkin. 
Taqvimiy (kalendar) reja 
 
Kalendar rejada qurilish maydonida barpo etiladigan asosiy va 
yordamchi binolarning qurilish muddati va ketma-ketligini aks ettirib kapital 
mablag‘larning qurilish davrlari bo‘yicha taqsimlanishi keltiriladi. 
Taqvimiy reja alohida olingan bino uchun ishchi xujjatlar (loyiha) 
tarkibida tuziladi. Bunda ish hajmlari, moddiy texnika resurslariga bo‘lgan 
ehtiyojlar ishchi chizmalardan aniqlanib, shuning uchun ham kalendar rejani 
ishlarni bajarish texnologiyasidan kelib chiqib tashkil qilingan grafik (KG, TG) 
shaklida ishlab chiqish imkoniyati mavjud. KGning resurslardan optimal 
foydalanishi ta’minlangan varianti bo‘yicha smetadan kelib chiqib kapital 
mablag‘larni taqsimlanish grafigini (TR) ham tuzish mumkin. Unda TR 
amaliyotga yaqin deb hisoblanadi. Demak, bir bosqichli loyihalash turida 
taqvimiy reja grafik shaklida ishlab chiqiladi va u ishlar bajarilishini 
resurslardan oqilona ishlatilish davrida uzluksiz va te’jamkor, ya’ni optimal 
foydalanishini ta’minlaydi. Bu holda taqvimiy rejani tuzish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 

loyiha hujjatlarining tahlilidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashkiliy-
texnologik sxemalar tuziladi va qurilish uslublari aniqlanadi; 

ishchi chizmalardan qurilish-montaj ishlarining hajmi aniqlanadi; 

qurilishni amalga oshirish usullari va asosiy qurilish mashinalari tanlanadi; 


142 

qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun talab qilinadigan mehnat sarfi kishi-
kun va mashinalar uchun mash-smena o‘lchamida hisoblanadi; 

qurilish-montaj ishlarini bajarish tartibi va texnologik ketma-ketligiga rioya 
qilgan holda ishlarni vaqt miqyosida bir vaqtda bajarish imkoniyatlarini 
(tanlangan qurilish uslublaridan kelib chiqib) berish aniqlanadi; 

qurilish-montaj ishlari muddati hisoblanadi; 

kalendar grafik chiziladi, resurslar (ishchi, asosiy mashinalar)ni talab 
darajasida ishlatilishi tekshirilib, kerak hollarda grafik takomillashtiriladi; 

taqvimiy grafikdan kelib chiqqan holda taqvimiy reja (kapital mablag‘ning 
bino qurilishi davrlari bo‘yicha taqsimlanishi) tuziladi. 
Agar loyihalash ikki yoki uch bosqichli bo‘lsa, unda taqvimiy reja texnik 
loyiha tarkibida Loyiha qamrovidagi barcha bino va inshootlar majmuasi 
qurilishi uchun (hali ishchi chizmalar ishlab chiqilishi oldida), demak, ish 
xajmlarini aniqligi mavhum vaqtda birinchi va investitsion loyihalari uchun 
birinchi (DTIA) va ikkinchi (TIA) bosqichlarida tuziladi va u umumlashtirilgan 
taqvimiy reja deb yuritiladi. Bu holda umumlashtirilgan taqvimiy rejani tuzish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

loyiha hujjatlarining tahlilidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 
tashkiliy texnologik sxemalar tuziladi va qurilish uslublari aniqlanadi 
(oqim uslubini qo‘llash tavsiya etiladi); 

qurilishga mo‘ljallangan bino va inshootlar (titul) ro‘yxati tuziladi va 
qiymatlari umumlashtirilgan me’yor yoki o‘xshash (analog) bino va inshootlar 
narxidan topiladi; 

bino va inshootlarning mo‘ljallanishi (asosiy va yordamchi) va turiga 
(makoni cheklangan, lokal va vertikal va cho‘ziq, uzunchoq) qarab guruhlarga 
bo‘lib oqimlar tashkil qilinadi, hisob sxemasi tuziladi; 


143 

me’yordan
4
kelib chiqib yoki direktiv belgilangan qurilish va shu 
jumladan, tayyorgarlik davri aniqlanadi; 

qurilishning aniqlangan yoki belgilangan davridan kelib chiqib 
yordamchi va kommunikatsiya oqimlarini asosiy oqimdan avval qurib bitirilishi 
rejalashtiriladi, oqimlarning rivojlanish davrlari aniqlanadi; 

kompleks siklogrammaning vaqt parametrlaridan kelib chiqib oqimlar 
bo‘yicha moliyalashtirish differensial va umumlashtirilgan hamda kumulyativ 
(qurilish davomida o‘zlashtirib borilishini aks etadigan) grafiklarini chizib, 
zadellar aniqlanadi va me’yor bilan solishtiriladi; 

yordamchi vaqt parametrlarini o‘zgartirib zadellarni me’yoriy 
qiymatlariga mos kelishi uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladi; 

kapital mablag‘larni qurilish davrlari va oqim hamda quriladigan bino 
va inshootlar bo‘yicha taqsimlab taqvimiy reja tuziladi. 
Loyiha hujjatlarini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qilinadi: bino va 
inshootlarning hajmi, yuzasi, qavatligi, sanoat binolariga oraliqlar soni va 
o‘lchami (kengligi), binolarning tarhdagi shakli va bosh tarhda joylanishi, 
tuproq va iqlimiy sharoiti, konstruksiya va boshqa buyumlarni tayyorlashda 
ishlatilgan ashyosi, o‘lchamlari, vazni, ularni yiriklashtirish imkoniyatlari, 
binolarni qamrov (zaxvatka)larga bo‘lish. 
Qurilish-montaj ishlari ro‘yxatida ular yiriklashtirilgan ko‘rinishida 
keltirilishi va ularni bajaradigan brigada tarkibiga har mehnat jarayonini bajara 
oladigan ishchilar kiritilishi kerak. Masalan, g‘isht terish ishlari va havozalarni 
yig‘ish, sanoat binolarining ustki yopma qismining bajarilishini bitta brigadaga 
topshiriladi, shuning uchun bu ishlar muddati grafikda yagona ish qilib 
ko‘rsatiladi. 
Qurilish ishlarining ro‘yxati va mehnat sarfi “Yagona me’yor va narhlar 
(YaMvaN) (YeNiR)”ga mos bo‘lishi shart. Ishlarning bajarilish muddati (t
kun
)
4
СНиП 01.03.-03 “Корхона, бино ва иншоотлари қурилишининг даври ва заделлари”. 


144 
mehnat sarfi me’yorlari (t
kishi-soat
) , ish hajmi (v), smena davomi (t
sm
)dan kelib 
chiqib hisoblanadi. Hisobda me’yorlar tasdiqlanganiga ancha muddat o‘tgani va 
texnika hamda texnologiyada ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib kelayotganini inobatga 
olib, mehnat unumdorligining oshishini (k=1,05-1,2) ish turiga qarab 
rejalashtirish kerak. YaMvaN da kishi-soat va mash-smenada berilgani tufayli 
hisoblangan mehnat sarfi va mashinaga ehtiyojni mos ravishda kishi-kun (t
kishi-
kun
) va mash-smenada hisoblanadi: 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin