147
Iqtisodiy tadqiqotlar
texnik tadqiqotlardan oldin amalga oshirilib, ularni
amalga oshirish davomida ma’lumotlar banki va rezerv maydonlar
pasportlaridan foydalaniladi. Iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida mavjud va talab
qilingan resurslar balansini tuzib chiqish bilan birga, qurilish hududining
iqtisodiy holati va rivojlanish darajasi o‘rganib chiqiladi, shuningdek har bir
resurs turi (yoqilg‘i, elektr energiyasi, suv, gaz, oqova suvlarni tozalash, ishlab
chiqarishga oid va shuningdek, maishiy–turmush chiqindilarini yo‘qotish)
bo‘yicha yetishmovchiliklarni qoplash bo‘yicha variantlar ishlab chiqiladi.
Qurilish ishlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq holatda, aholining demografik
o‘sishi, uning dinamikasi va mos ravishda, turar-joylar va ijtimoiy – maishiy
turmush maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan qurilishlar dinamikasiga
aniqlik kiritiladi. Transport sxemalari, ayniqsa xom ashyoning yetkazib berilishi
va undan foydalanishda kooperatsiya imkoniyatlari va yangi korxonani ishga
tushirishdan keyin mahsulotning ortiqchaligi tahlil qilinadi.
Shu bilan birga, atrof–muhitni muhofaza qilish va energiyani tejashga
qaratilgan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kelgusi sarf – xarajatlar alohida
qismlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: