Toshkent arxitektura qurilish instituti


Dastur  Byudjet va mulk egasi tomonidan belgilangan muddatlarga mos



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Dastur 
Byudjet va mulk egasi tomonidan belgilangan muddatlarga mos 
ravichda,loyiha maqsadlarining qisqacha tavsifi 
Xomaki chizmalar 
Dastur uchun mos keluvchi variantlarni o’rganish 
Qabul qilihgan echimlarning davom 
ettirilishi va rivojlantirilishi 
Loyihalash 
Pudratchiga taqdim etish uchun yakuniy 
hujjatlarning tayorlanishi 
Loyiha xujjatlari 

10 
30 
60 
100 
Таyyorlik hisobida(%) 


160 
borishi yoki to‘xtab turganidan qat’i nazar, yig’ilib boradigan qimmatbaho 
qog‘ozlar, foiz to‘lovlari qiymati omilini hisobga olish talab qilinadi.
Yakunlangan dastur foydalanuvchi tomonidan berilgan talablarga mos 
ravishda kerakli maydon, ta’minot tizimlarining quvvati va tavsiflari, ob’yekt 
qurilishining ehtimoliy muddatlari haqida malumotlarni aks ettirgan ko‘rinishda 
beriladi. Mulk egasi ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda loyihalashga 
kirishadi.
Xomaki loyiha
(
Schematic Design
) – binoning asosiy tavsiflari, uning 
qismlarining o‘zaro joylashuv variantlarini belgilovchi bosqich hisoblanadi. Bu 
vazifani bajarish uchun mulk egasi joy ajratilishini so‘rab, ajratilgan maydonni 
o‘rganib chiqib tegishli ma’lumotlarni me’morga uzatadi.
Qurilish maydonini o‘rganib chiqish 
(
Site Investigation
). Xomaki 
loyihadan uni tuzishga o‘tishda qurilish uchun tanlab olingan maydonning to‘liq 
hajmli tavsifi va shart–sharoitlarini batafsil bilish talab etiladi. Odatda bu ish 
tegishli mutaxassislarni ishga jalb qilish asosida loyihalovchi me’mor tomonidan 
bajariladi. Bajariladigan izlanishlar tarkibiga geologik shart–sharoitlarni tahlil 
qilish kiradi, chunki bunga poydevor turlari, muhandislik inshootlari ushbu 
shart–sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, qator vaziyatlarda bu hol smetaning keskin 
ortib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qurilish maydonini transport yo‘llari, 
kommunal tizimlari, aloqa tarmoqlari bilan ta’minlanishi ko‘rib chiqiladi. 
Mehnat va moddiy–texnik resurslari bilan ta’minlanishi o‘rganib, har bir shtatda 
mahalliy soliq to‘lovlari tartibining o‘zaro farqli xususiyatlari va boshqa ko‘plab 
masalalar o‘rganib chiqiladi.
Ma’lumotnomalarda bir qator so‘rovnomalarning namunaviy shakllari 
mavjud bo‘ladi. Shakllar tarkibida qurilishni amalga oshirishda muhim o‘rin 
tutgan, maydonlarni tavsiflab kelgan omillarni qamrab oladigan yuzga yaqin 
savollar keltiriladi. Bunda ushbu shakllar batafsil ishlab chiqilganligi uchun 
menejer mehnatini oqilona tashkil etishga yordam beradi, uning vaqtini tejaydi, 


161 
xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimolini kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida, sarf–
xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Izlanish ishlari maydon va unga tutash hududlar rejalari bilan tanishishdan 
boshlanadi. Bu ko‘rinishdagi rejalar (plan) mahalliy boshqaruv ma’muriyati 
idoralarida mavjud bo‘lib, bu yerdan topografik plan, sharhlar, tuproq 
qatlamlarini sinovdan o‘tkazish natijalariga oid qimmatli ma’lumotlarni ham 
topish mumkin. Biroq bu ma’lumotlar eskirgan, ularni qayd qilish vaqtidan 
farqli ravishda joriy davrda vaziyat o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Qurilish 
amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maydonga tutash hududlarni tekshirish 
davomida yaqin hududlarda joylashgan tadbirkorlik muassasalari va turar–
joylarga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik, kommunal tizimlari, transport va 
boshqa tarmoqlarda buzilishlar yuzaga kelishi ehtimolini bartaraf qilish 
maqsadlari ko‘zda tutiladi. Shuningdek, qurilish ob’yektiga materiallarni 
yetkazib berish yo‘llarini o‘rganish, talab qilingan hollarda xususiy hududlar 
orqali o‘tish yoki bu hududlarga kirish huquqini (
right of way
) tekshirish va 
nisbatan tejamli transport sxemalarini ishlab chiqish o‘ta muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, buning uchun ko‘pincha hollarda mahalliy amaldorlar va qo‘shnilar bilan 
muzokaralar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Juda katta ko‘lamli loyihalar uchun 
izlanishlar uzoq davom etadigan va og‘ir jarayonlardan biri hisoblanadi.
Loyihalash
(
Design Development
). Izlanish jarayonida to‘plangan 
ma’lumotlarni olgan loyihalash jamoasi me’moriy–rejalashtirish yechimlarining 
bir necha variantlarini ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun mulk egasiga 
taqdim etadi. Agar bu bosqichda quruvchilar ishga jalb qilinsa, bu holda ular 
konseptual smeta hisob–kitoblarini tayyorlab, foydalanilishi kerak bo‘lgan 
ashyo, buyum va konstruksiyalar hamda texnologiyalarning maqsadga 
muvofiqligi va foydalanish imkoniyatlariga aniqlik kiritadilar.
Loyihalash qabul qilingan xomaki variant asosida bajariliish jarayonida 
bo‘lajak foydalanuvchilar bildirgan talablar va alohida qismlar bo‘yicha 


162 
axborotdan foydalaniladi. Loyihani tuzib chiqishda me’morlar bilan birga 
xomaki yechim muallifi muhandislar, zarur soha mutaxassislari ishtirok etadilar. 
Murakkab tavsifli industrial va muhandislik inshootlarini (neftni qayta ishlash 
zavodlari, tozalash inshootlari, yer osti yo‘llari va h.k.) loyihalashni 
boshqarishda tegishli sohaning muhandisi, me’morlar maslahatchilar sifatida 
ishtirok etadilar.
Smeta hisob–kitoblari qurilish amaliyotida ish olib boradigan 
pudratchilardan olingan ma’lumotlardan foydalanib qayta ko‘rib chiqiladi. 
Natijada loyiha qiymatlari birlamchi marketing sinovidan o‘tkazish maqsadida 
qarab chiqish uchun mulk egasiga taqdim etiladi. Agar natijalar ijobiy, ya’ni 
qiymatlar mulk egasining imkoniyatlariga mos kelsa, u holda yetarli ishonch 
bilan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish mumkin bo‘ladi. 
Bu bosqichda qurilish uchun tayyorlanadigan hujjatlar
tender (raqobat 
asosidagi tanlov), pudrat shartnomani tuzish va qurilish maqsadlarida xizmat 
qilib, 4.6–rasmda ularning uchchalasining bir butun yaxlitligi ko‘rsatilgan. 
Texnik axborot grafik ko‘rinishda, ya’ni chizmalar va tavsiflar ko‘rinishida – 
texnik shartlar shaklida (
Technical Specification
) taqdim etilgan bo‘lib, ular 
o‘zaro bog‘liq va mustaqil mavjud bo‘lishi mumkin emas. Texnik shartlar (TSh) 
tarkibiga grafik ko‘rinishda aks ettirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan axborot 
kiritilib, loyihada qayd qilingan materiallar, konstruksiyalar, qurilmalar, 
bajariladigan ishlar va shu kabilar bo‘yicha alohida qismlar asosidagi talablar 
o‘z aksini topadi. Masalan, agar chizmalarda konditsionerlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 
u holda texnik shartlarda ular miqdori, ishlab chiqaruvchining foydalanishga 
qo‘yiladigan talablari, kafolat muddati, ehtiyot qismlarni olish imkoniyatlari va 
shu kabi ma’lumotlar bayon etiladi. Loyiha hujjatlari orasida o‘zaro zid holatlar 
qayd etilganida, texnik shartlardan foydalanish ma’qul deb topiladi.


163 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin