164
foydalanish mumkin bo‘lgan komponentlar bilan ish olib boradigan pudratchilar
va yetkazib beruvchilar ushbu ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘ladilar.
Texnik shartlar
(
Technical Specification
) – loyihaga va materiallar,
qurilmalar, bajariladigan ishlar bo‘yicha uning alohida bo‘limlariga qo‘yiladigan
sifatga oid talablarni tavsiflaydigan yozma hujjat. Texnik shartlar loyiha
firmalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi yoki bu ish professional
maslahatchi–spetsifikatorlarga topshiriladi. Ayrim hollarda, agar gap murakkab
tavsifli noyob
tizimlar haqida ketayotgan, masalan, stadion yopmalari loyihasi
qarab chiqilayotgan bo‘lsa, u holda ularning ishtirokisiz masalani yechish
mumkin emas.
Texnik shartlarni yozish uchun materiallar, buyumlar,
ish jarayonlari va
shu kabilarga tegishli zarur standartlarni yig‘ib chiqishdan iborat bo‘ladi. Barcha
ana shunday hollarda deyarli barcha ehtiyoj va talablarni ta’minlovchi
standartlarning keng ko‘lamli to‘plamlari mavjud bo‘lib, gap faqat ulardan aniq
loyiha talablariga javob beradigan tanlashda qoladi.
Texnik shartlar alohida qismlar bo‘yicha talab qilinishiga bog‘liq holda
ma’lum aniq shakllarda bajariladi va ular quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin:
Tavsiflovchi yoki loyihaga oid texnik shartlar
(
Descriptive/Design
Specification
) – materiallar, ishlarning bajarilishi,
montaj operatsiyalari,
qurilmalarni o‘rnatishning alohida qismlar bo‘yicha tavsiflanishi. Bunda
pudratchi ushbu ko‘rsatmalarga aniq amal qilishi talab qilinib, mulk egasi–
natija uchun javob beradi. Loyihalovchining vazifasi – mulk egasining
talablarini spetsifikatsiya tilida to‘g‘ri tartibda «
tarjima qilinishi
» bilan bog‘liq
bo‘lib, bunda u «
tarjimaning
» mosligiga kelishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga
oladi.
Oshkora tavsifdagi texnik shartlar
(
Performance Specification
)
pudratchiga bajarish uslublarini tanlashni qoldirib, faqat talab qilingan
natijalarni bayon qilib beradi. Masalan, pardozlash tavsiflarini ko‘rsatishda –
165
yuzaga, teksturaga, rangga talablar belgilanadi. Ushbu talablar doirasida
pudratchi o‘zi materiallarni tanlashi va bajarish usullarini tanlab olishi mumkin,
bu holat uning tanlovgacha (tender qiymatini qayta hisoblash va pasaytirish)
yoki sotuvdan keyin (daromadlarni oshirish) ustunligini ta’minlaydi.
Xususiy mulk egasining texnik shartlari
(
Proprietary Specification
) –
ehtimolligi mavjud boshqa muqobil variantlarni rad etgan holda, mutlaqo aniq
resurs turlari va foydalaniladigan uslublarni belgilab beradi. Masalan, tag
to‘shamalar (
pol
) aniq qazib olish joyidan olinuvchi rangga ega bo‘lgan
marmardan ishlanishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: