168
loyihaga qo‘yilgan talablar aniq ifodalanishi
uchun texnik shartlar
matnlarini aniq va ravon ifodalash;
tomonlarning ehtimoliy o‘zaro shubhalari, tushunmovchiliklar va
ziddiyatli qarama–qarshiliklarini
bartaraf etish maqsadida, qurilish
boshlanguniga qadar manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv va majlislar
o‘tkazish.
Ushbu maqsadlarda
pudratchiga
quyidagi
hollarga amal qilish
ko‘rsatmasi beriladi:
geografik omil va uchastkaning gidrogeologik tavsiflari, iqlimning
qiymatga ta’sirini aniqlash, shuningdek materiallarni
yetkazib berish va ishchi
kuchlar ta’minoti manbalari, mahalliy xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini maqsadga
muvofiq aniqlash;
ish bajarish vaqti emas, balki bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha
ishchilarga haq to‘lashni afzal deb topish;
og‘ir baxtsiz hodisalar va vaqt yo‘qotish hodisalarini kamaytirish
vositasi sifatida texnika havfsizligini o‘rgatish.
Konstruktivlik
(
Constructibility
). Bu atama orqali qator MDH (masalan,
Belorussiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya, O‘zbekiston va b.lar),
davlatlari amaliyotida qurilishga oid loyiha yechimlarining texnologik jihatlari
ifodalanadi. Amerika miqyosidagi qurilishlar amaliyotida esa –
konstruktivlik
tushunchasi – bu loyihalash, ishlarni rejalashtirishda, shuningdek ta’minotda va
ishlab chiqarishni tezkor tavsifda boshqarishda qurilish
tajribasi va mavjud
bilimlardan maksimal darajada foydalanishni o‘zida ifodalaydi.
Funksional nuqtai nazaridan
konstruktivlik
, muhandislik tahlildan farqli
ravishda loyihani ro‘yobga oshirishning barcha fazalarida amal qilinishi o‘rniga
loyihaning qurilishga oid fazalarining maksimal samaradorligini ta’minlashga
yo‘naltiriladi. Buyurtmani qabul qilib olgan pudratchi loyihaning maqsadga
169
muvofiq qiymatini ta’minlash uchun barcha mavjud
bilimi va materiallarini
ishga soladi. Uning tajribasi nisbatan materiallarni past narxlarda yoki qurilish
hududiga yaqin joylashgan hududdan yetkazib beruvchi ta’minotchilarni tanlab
olishga ko‘maklashib, bu esa transport vositalari sarf–harajatlarini kamaytirish
imkonini beradi.
Konstruktivlikni tahlil qilish davomida quyidagi omillarni ko‘rib chiqish
tavsiya qilinadi:
ishlarning grafigi (
taqvimiy reja/tarmoqqa oid grafik
);
qiymatlar bo‘yicha: boshlang‘ich qiymatlar, qadoqlash va yetkazib
berish uslublari; raqobatning ta’siri;
materiallar va mehnat resurslarining olinishi imkoniyatlari;
ishlarning bajarilish ketma–ketligi o‘rtasida bog‘liqliklar;
ob–havo sharoitlari.
Muhandislik tahlili va konstruktivlik
bo‘yicha
bajarilgan ishlarning
samaradorligi ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari qaror
topishini va Loyihaning barcha bosqichlarida muqobil yechimlarning
muhokama qilinishini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: