Sanoat maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan qurilishlarni
loyihalash
texnologik va qurilish yo‘nalishida faoliyat yuritadigan tashkilotlar
tomonidan bajariladi.
Texnologik loyihalash tashkilotlari (masalan, Rossiyada – Giproavtoprom
AJ, Giproxim AJ, O‘zbekistonda – Giprotyajprom AJ, Uzneftegaz AJ) ishlab
chiqarish sanoati sohalariga ixtisoslashtirilgan. Biroq texnologik loyihalash bilan
birga, bu ko‘rinishdagi tashkilotlar qator o‘z ob’yektlarida qurilishga oid
loyihalash ishlarini ham bajaradilar.
Qurilishga oid loyihalash tashkilotlari
ham
sohalar va loyihalash ishlari bo‘yicha ixtisoslashtiriladi.
131
4.3. Qurilishda loyihalashni tashkil qilish
Qurilishda loyiha hujjatlari “Shaharsozlik norma va qoidalari” (ShNQ),
«Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMQ) ga muvofiq ko‘rinishda ishlab
chiqiladi va korxonalar, bino va inshootlarni yoki ularning majmualarini qurish
uchun zarur va yetarli, asoslangan, texnik va iqtisodiy tavsifli grafik va matn
ko‘rinishidagi materiallar to‘plamidan tashkil topadi. Qurilish loyiha xujjatlari
ShNK 01.03.01–10
2
ga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Loyihalash jarayoni loyihani amalga oshirishning tashkiliy–texnik davriga
(TTD) kiradi va u uchta bosqichdan iborat bo‘lib, uchinchi bosqichga to‘g‘ri
keladi. TTD quyidagicha tavsiflanadi.
Birinchi bosqich
da ko‘proq ob’yektiv ma’lumotlar to‘plash maqsadida,
Rossiyaning aksariyat hududlarida
loyihalashdan oldingi bosqich,
ya’ni yer
uchastkasini qurilish uchun ajratish bo‘yicha qaror qabul qilinishida hujjatlar
ishlab chiqish bosqichi joriy qilingan.
Bu bosqichda ishlab chiqaradigan mahsulotlari va xizmatlar
nomenklaturasi bilan ob’yektlarning hajmiy–rejalashtirishga oid va uning
texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari belgilanadi. Keyin esa umumlashtirilgan
ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki o‘xshash
(analog)
ob’yektlar bo‘yicha muhandislik
ta’minotidagi ehtiyojlarga (jumladan, issiqlik, suv, elektr energiyasi, xo‘jalik –
oqova suvlari, gaz), xom ashyo va materiallarga bo‘lgan talab darajasiga aniqlik
kiritiladi. Bundan tashqari, mikro hududlar va sanoat miqyosida foydalanishga
mo‘ljallangan yirik ob’yektlarni qurish uchun transport sxemalari ishlab
chiqiladi va ijtimoiy–maishiy turmush sektorini rivojlantirish chora–tadbirlari
belgilanadi. Sanoat va ommaviy bino va inshoot majmualari hajmiga aniqlik
kiritiladi.
2
Қурилишда лойиҳалаш ҳужжатларини ишлаб чиқиш бўйича ШНК 1.03.01-08 «Корхона, бино ва иншоотларнинг капитал
қурилишида лойиҳа ҳужжатларини таркиби, ишлаб чиқиш тартиби, мувофиқлаштириш ва тасдиқлаш».
132
Ikkinchi bosqichda
qurilishning mahalliy o‘z–o‘zini boshqarish organlari
tomonidan ruxsat berilganidan keyin, SES, Davlatyong‘innazorat va atrof–
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkilotlardan ushbu hududda ob’yektlarni
qurish haqidagi yozma ravishda yakuniy xulosalar olinadi. Shundan keyin, zarur
holda majmuaviy muhandislik izlanishlari amalga oshiriladi va moliyalashtirish
manbalariga aniqlik kiritiladi. Natijada texnik imkoniyatlar, sarflanadigan
investitsiyalarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi haqida
qarorlar qabul qilinishi uchun zarur yechimlar tayyorlanadi. Shu bilan yer
uchastkasini qurilish maqsadlari uchun berish haqida qarorlar tayyorlanishi
bosqichi nihoyasiga yetadi.
Investitsiyalar bo‘yicha kelishuvlar va tasdiqlashga doyir
uchinchi
bosqich
yakunlovchi bo‘lib, bu bosqich ob’yektlarni loyihalash jarayonida
bajariladi. Loyihalash oldidan Buyurtmachi loyihalash
topshiriqlari
ga aniqlik
kiritadi, joriy muhandislik tarmoqlari bilan bog‘lanishlar bo‘yicha texnik
shartlarni oladi, me’morchilik–rejalashtirish topshiriqlarini rasmiylashtiradi,
materiallarga aniqlik kiritadi, qurilishni amalga oshirish uchun talab qilingan,
ijtimoiy–iqtisodiy holatlarni tavsiflab beradigan boshqa masalalarga aniqlik
kiritadi.
Loyihalashning prinsipyal sxemasi 4.1–rasmda keltirilgan.
Buyurtmachi va loyihalovchi o‘rtasidagi huquqiy va moliyaviy
munosabatlar reglementini belgilab beradigan asosiy hujjat – loyihalash
topshiriqlari ilovalari bilan birga shartnoma (
bitim
) hisoblanadi.
Loyihalash topshiriqlari
3
.
Buyurtmachi tomonidan yoki u tomonidan
berilgan topshiriq asosida bosh loyihalashtiruvchi tomonidan ishlab chiqib, bu
hujjat me’morchilik bo‘yicha mahalliy boshqarma va ekspertiza bilan kelishgan
holda tuzib chiqiladi va Investor yoki Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Uning tarkibida loyihalashga qo‘yiladigan umumiy va xususiy talablar,
3
ЎзР Давархитектқурилиш томонидан 63–сонли Қарори билан 2.06.07да тасдиқланган.
133
jumladan, birinchi bo‘lib ishga tushiriladigan majmualar va navbatdagi
ob’yektlarning ishga tushirilish tartibi keltiriladi.
Topshiriqlar tarkibida me’morchilik – qurilish va konstruksiyalar
yechimlariga, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuz berishidan ogohlantiruvchi,
fuqarolar va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora–tadbirlar ishlab
chiqilishiga qo‘yiladigan talablar belgilanishi nazarda tutiladi.
Qurilishda loyiha hujjatlari Qurilish me’yorlari va qoidalarida ko‘zda
tutilgan namunaviy topshiriqlar tarkibiga mahalliy boshqaruv organlari
tomonidan qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar (masalan, Moskva hududida amal
qilinuvchi Davlat qurilish me’yorlari) va ob’yektlarning yakka tartibdagi o‘ziga
xos xususiyatlari bo‘yicha quruvchi tomonidan keltiriladigan talablarni ham
kiritish mumkin. Quruvchi tomonidan texnik nazorat tarkibi, qurilish–montaj
ishlarini sug‘urtalash, loyihalash–qurishga oid hujjatlar ekspertizasi, davlat
miqyosidagi
me’morchilik–qurilish
nazorati
inspeksiyasi
(DAQN),
foydalaniluvchi kadrlarni tayyorlash va shu kabilar uchun chegaralash
o‘lchamlarini ko‘rsatadi. Sanab o‘tilganlardan tashqari, sanoat miqyosida
foydalanishga mo‘ljallangan ob’yektlar bo‘yicha korxonaning ish rejimi
bo‘yicha, uning istiqboldagi rivojlanishi va ishlab chiqaruvchi mahsulotning
raqobatbardoshligi bo‘yicha, fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljalangan
turar–joy ob’yektlari bo‘yicha esa, qurilgan yoki quriladigan inshootlarning
maydoni, ularning mo‘ljallanilishi va tarkibi, ularning foydalanishga yaroqligi
va shu kabilar bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi.
O‘zR VMning 110-sonli «Korxona, bino va inshootlarning qurilishida
investitsiya loyihalarini asoslash tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va
tasdiqlash tartibi» Qaroriga muvofiq, topshiriqlar olinganidan keyingi bosqichda
loyihalash jarayonni ham shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin:
dastlabki texnik iqtisodiy asoslash (DTIA); texnik iqtisodiy asoslash (TIA) va
ishchi hujjatlar (IX).
134
Fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan – turar joy
ob’yektlari qurilishida loyiha hujjatlari quyidagi tarkibda tayyorlanadi:
Umumiy izohlash xati;
Me’morchilik–qurilish yechimlari;
Texnik yechimlar;
Muhandislik qurilmalari bo‘yicha yechimlar;
Atrof–muhitni muhofaza qilish;
Favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish bo‘yicha chora–tadbirlar va
fuqarolik mudofaasi bo‘yicha muhandislik-texnik chora-tadbirlari;
Qurilishni tashkil qilish;
Smeta qismi;
Investitsiyalar samaradorligi.
Bundan tashqari, sanoat sohasi uchun foydalanishga mo‘ljallangan
korxonalar, bino va inshootlar qurilishida loyiha hujjatlari o‘z tarkibiga
quyidagilarni qamrab oladi:
|