Namunaviy loyiha yoki ommaviy tavsifda foydalaniladigan loyiha (NL) –
qurilishda ko‘p marta takror foydalanish uchun tegishli tartibda tasdiqlangan, korxonalar, bino va inshootlarning loyihalash tafsirlari bo‘yicha asosiy parametrlari va mo‘ljallanilishi o‘xshash holatlarda qo‘llanadigan loyiha turi. Namunaviy loyihalash – taraqqiy etgan texnologiyalar; hajmiy –
rejalashtirish va konstruksiyalarga oid yechimlar; xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan
maksimal samaradorlikka erishish maqsadida va ijtimoiy rivojlanish vazifalarini
hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlarda atrof–muhitni muhofaza qilish shartlariga
amal qilgan holda ishlab chiqarishni boshqarish uslublarini tanlab olish va tatbiq
etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Namunaviy loyihalash qurilish
muddatlarini ancha qisqartirish, loyihalash ishlarining qiymati va murakkablik
darajasini kamaytirish imkonini beradi. Namunaviy loyihalash qo‘llangan
qurilishda qiymat, mehnat va moddiy sarf–xarajatlar, qurilish muddatlari
inshootlarni qurishda yakka tartibdagi loyihalashga nisbatan kam qiymatga ega
bo‘lishi qayd etiladi.
Namunaviy loyihalashning uslubiy asoslari hajmiy–rejalashtirishga oid
parametrlarning unifikatsiyalanishi (bir xillashtirilishi), ushbu asosda qurilish
konstruksiyalari va tugunlarning turlarga bo‘linishi (tipizatsiya) bilan bog‘liq
hisoblanadi. Shunday qilib, turlarga ajratib loyihalash
namunaviy yechimlar
to‘plamini yaratishga imkon yaratadi va u qurilishning industriallashtirish asos
bo‘ladigan boshlang‘ich belgisi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish mahsulotini industrial yaratilishi rentabelligiga faqat
ommaviy ishlab chiqarish sharoitidagina erishish mumkin, ammo bu holni
o‘lchamlar cheklanishini belgilab beruvchi turlarga bo‘lmay amalga oshirish
mumkin emas. Hozirgi vaqtda barcha temirbeton konstruksiyalarning 80%dan
ortiq qismi namunaviy loyihalash asosida ishlab chiqarilib, bu holat ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini beradi. Turlarga
128
ajratilgan yechimlar sifati va tejamkorligiga kompyuterlardan foydalanib, ko‘p
variantli yechimlar asosida erishiladi.