117
tanlashni amalga oshiradi, bunda oldinda turgan vazifalar, eng avvalo, qurilish
ishlari bilan bog‘lanadi.
Qurilish menejmenti
(QM) quyidagi to‘rt ta shaklga ega:
1.
Qurilish
menejmenti mulk egasining
agenti
sifatida o‘rin tutadi, u
boshqaruv bo‘yicha professional xizmatlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu
holatda qurilish menejmenti qiymatlar va tugallanish muddatlarini
kafolatlamaydi. Mulk egasining o‘zi turli
xil boshqaruvchilar bilan
shartnomalarni tuzadi.
2.
Qurilish menejmenti
boshqaruv bo‘yicha xizmatlarni
ta’minlaydi:
jumladan, pudratchilar bilan shartnomalar tuzadi; nazoratni ta’minlaydi;
loyihaning maksimal kafolatlangan qiymatlarini belgilaydi
va ishlar hajmiga
aniqlik kiritib loyihaning tugallanishi sanasini belgilaydi.
3.
Mulk egasining
o‘zi
qurilish menejmenti sifatida o‘rin tutadi.
4.
Mulk egasi q
urilish menejmenti firmalari bilan shartnoma tuzadi
, bu
firmalar loyihalash ishlarini bajaradi va qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha mulk
egasini xizmatlar bilan ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: