Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

boshqaruv apparati
ishchi–xodimlari (mas’uliyat doirasida) 
chiziqli
tavsifli rahbariyat va 
funksional
xodimlarga ajratiladi.
Chiziqli tavsifli rahbariyat
– bu vertikal bo‘yicha bo‘ysunish tartibini 
o‘rnatuvchi, ular orasida 
ierarxiyani 
shakllantiruvchi usta, ish boshqaruvchi, 
uchastka boshlig‘i va qurilish boshqarmasi rahbari kabilardan iborat. Ular o‘zlari 
boshchilik qiladigan tegishli tashkiliy tuzilmalarda amalga oshiriladigan 
faoliyatga rahbarlik qiladilar. Funksional rahbarlarga nisbatan ular o‘zaro 
vertikal bo‘yicha quyidagilar yuqoridagilarga so‘zsiz itoat qiladilar, uzviy 
bog‘liqlikka ega. 
Funksional tavsifga ega bo‘lgan ishchi–xodimlar
boshqaruv jarayonining 
ro‘yobga oshirilishini boshqaruv faoliyatining ma’lum aniq turdagi sohalarida 
zarur ma’lumotlarni tayyorlash va tizimga solinishini, shuningdek tegishli 
funksiyalarni bajarishga bog‘liq, barcha masalalar bo‘yicha boshqaruv 


55 
tuzilmasining gorizontal va vertikal tavsifdagi yo‘nalishlarida axborotlarga oid 
o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi.
Boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun boshqaruv xodimlari bir 
necha turdagi tashkiliy tuzilmalarga birlashtiriladi: chiziqli, funksional, chiziqli–
funksional yoki chiziqli–shtabli tavsifli va ularning birikishidan shakllanadigan 
tuzilmalarga ega.
Chiziqli tavsifdagi tashkiliy tuzilma
undan yuqoridagi bitta va undan 
quyiroqdagi bir necha buysunuvchi xalqa darajalariga ega hisoblanadi. Barcha 
masalalar bitta chiziqli yo‘nalishi bog‘lanish bo‘yicha hal qilinadi. Har bir 
rahbar bevosita o‘z rahbarligidagi (bo‘ysunuvchi) bosqichdagilardan axborot 
oladi va ular faoliyatini boshqaradi. Faqat shu rahbar o‘zi boshchilik qilayotgan 
sohaga tegishli barcha masalalar yuzasidan qaror va yechimlar chiqaradi.
Chiziqli tavsifdagi tuzilma asosiy tamoyillar taqsimotning yagonaligi 
bilan ajralib, axborot almashinuvining qat’iy vertikal xususiyatga egaligi bilan 
belgilanadi. Vazifalar soni ko‘p bo‘lmagan hollarda boshqarishni chiziqli 
tavsifda tashkillash samarali hisoblanib, bu holatda vazifalar unchalik murakkab 
hisoblanmaydi va bu masalalar yaqin joylashgan yuqori darajalarda hal qilinishi 
mumkin. Bu ko‘rinishdagi tuzilmada belgilangan maqsadni ro‘yobga oshirishda 
barcha boshqaruv darajalari uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keltiradi. Biroq, 
boshqarishning bu ko‘rinishdagi tashkiliy tuzilmasi tizimning bir xil darajalari 
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishlar mavjud emas va barcha masalalar bo‘yicha bitta 
rahbarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni bu rahbar «
hamma narsani 
bilishi
»ni talab qiladi. Modomiki, rahbariyat barcha masalalar bo‘yicha 
mutaxassis bo‘lishi shart emas. Bu holda samarasiz yechimlar va qarorlar qabul 
qilish havfi yuzaga kelib, xato qilish ehtimoli ortadi. Bundan tashqari, 
boshqaruv ko‘p pog‘onali bo‘lishi sababli axborot uzatilish vaqti uzayib, mos 
ravishda boshqaruv tezkorligi susayadi. Bu holat chiziqli tavsifli tuzilma 
kamchiligini belgilab beradi. 


56 
Chiziqli tavsifga ega bo‘lgan boshqarish tuzilmasi katta bo‘lmagan 
qurilish tashkiloti yoki bo‘linmalari, masalan, qurilish uchastkalarining maqsad 
va vazifalariga xos hisoblanadi (3.1-rasm).

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin