Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
14.6
-
rasm.
Teatr binosi (Sidney.Avstraliya). 


226 
 
14.7
-
rasm.
Kolosnikli chuqur sahna, cho‘ntaklar va arersahna tuzilishining asosiy 
sxemalari (mexanik uskunalash variantlari shartli ravishda ko‘rsatilgan): 
a-g
– bitta cho‘ntakli arersahnasiz; 
j-i 
– ikkita cho‘ntakli;
 k-l 
– arersahnali 
cho‘ntaksiz; 
m
– cho‘ntaksiz va arersahnasiz. 
Sahna kengligi aktyorlar o‘ynaydigan maydon yoki portalhamda kulisalarning 
yon tomonlarini bezaklashda qo‘llaniladigan maxsus qurilmalar, hajmli 
dekoratsiyalar, aktyorlar turadigan, chiroq jihozlari o‘rnatiladigan joylar 
kengligidan tashkil topadi. Odatda, sahna kengligi portal teshigi kengligidan 
kamida 2 baravarga kattaroq bo‘lishi lozim. Sahna chuqurligi, odatda, portal 
kengligidan 1,5 martaga kattaroq bo‘ladi. 


227 
Sahna ostidagi planshetda rejadagi o‘lchamlari sahna o‘lchamlariga teng 
bo‘lgan tryum ko‘zda tutiladi. Tryumning turtib chiqqan konstruksiyalarning 
pastki qismlarigacha bo‘lgan balandligi kamida 2,2 metr qilib olinadi. Qoplama 
planshet uskunalari, o‘yib o‘rnatiladigan aylanuvchi doira, halqali doira 
qo‘llanilganida, shuningdek bu kabi uskunalar bo‘lmaganida tryum bir qavatli qilib 
loyihalashtiriladi. Barabanli aylana, ko‘taruvchi-tushuruvchi maydonchalar va 
shunga o‘xshash sahna uskunalarini loyihalashtirishda tryum qavatlarining soni 
loyihada belgilanadi. 
Sahna oldi
zalga bo‘rtib chiqqan qilib, to‘g‘ri chiziqli yoki 
tomoshabinlar o‘rindiqlari zonasiga aylanib tutashadigan tarzda loyihalashtiriladi. 
Sahna oldining yon qanotlari (kaliperlari) tomosha zalining ko‘ndalang o‘tish 
yo‘llari bilan kesishguncha davom ettirilishi mumkin. Sahna oldining uzunligi 
qurilish portali kengligidan kam bo‘lmagan qilib loyihalashtiriladi. Yon qanotlar 
bo‘lmagan hollarda sahna oldidan tomoshabinlar o‘tiradigan birinchi qatorgacha 
zaldagi o‘tish yo‘llariga olib boruvchi kamida ikkita zina yoki pandus 
loyihlashtiriladi. Shuningdek, sahna oldi perimetri bo‘yicha yaxlit zina ko‘zda 
tutilishi ham mumkin. Sahna pardasi tushirilgan holatlarda ham sahna oldiga 
chiqish uchun imkoniyat yaratilishini ta’minlash tavsiya etiladi. 
Pol sathidan turtib chiqqan konstruksiyalarning pastki qismlarigacha 
balandlik 2,1-2,4 metr qilib qabul qilinadi. Orkestrning bitta artisti uchun 
maydon – kamida 1,3 m
2
. Loyihalashtirishda orkestr o‘rasi o‘rnini yopish va o‘ra 
to‘sig‘i hamda polini o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘zda tutish tavsiya etiladi. 
Sahna oldining orkestr o‘rasi ustiga osilib turishi dramatik va musiqali-dramatik 
teatrlarda o‘ra kengligining 1/3 qismini, musiqali komediya hamda opera va balet 
teatrlarida ¼ qismini tashkil etadi. Orkestr o‘rasi o‘rnining yon tomonlarida 
(tomosha zali devorlaridan hisoblaganda) eni kamida 1,2 metrni tashkil qiluvchi 
sahna oldi uchastkalari qoldiriladi. Sahna oldi orkestr o‘rasi ustidan osilib 
turganida orkestr o‘rasida sahna tomonga pasayib ketuvchi zinapoyasimon pol 
loyihalashtirilishi mumkin. Tomosha zalining tuzilishi sahna bilan uzviy 
bog‘liqdir. Misol uchun, sahnada ro‘y berayotgan voqealarni portal kengligi bilan 
chegaralangan o‘rinlar zonasida bemalol ko‘rish, eshitish va anglash mumkin.


228 
Dramatik teatrda tomoshabin aktyor mimikasini sahna “qizil liniyasi”dan 25 
metr uzoqlikdan tushuna oladi. Opera teatrida bu masofa 32 metrni tashkil qiladi. 
Undan tashqari, yaxshi ko‘rish va eshitishning eng qulay gorizontal va vertikal 
burchaklari ham me’yorlanadi. Tomosha zalining ikkita asosiy turi mavjud –
yarusli
va 
amfiteatr

Tomosha zalining hajmi dramatik teatrda bitta tomoshabin o‘rni uchun 4-6 
m
3
, opera teatrida – 6-8 m
3
qilib hisoblanadi. Zaldagi tomoshabinlarning o‘rinlari 
bitta tomoshabin uchun 0,7-0,8 m
2
hisobidan loyihalanadi. 
Bitta zalda janri va sahnaviy yechimlari turlicha bo‘lgan spektakllar, jamoat 
tadbirlari, kinofilmlar, konsertlar va shu kabi tomoshalarni namoyish qilishda zarur 
bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlash uchun sahna va tomosha zalining 
transformatsiyasi qo‘llaniladi. Teatrlarda 
rejali
va 
fazoviy
transformatsiyalar, 
shuningdek ularning turlicha kombinatsiyalari qo‘llanilishi mumkin. Sahna va 
zalda me’moriy-rejali yechimlarning turli variantlarini rejali transformatsiya 
yordamida yaratgan holda turli tadbirlarni o‘tkazishda zal va sahnaning asosiy 
parametrlari – hajmi va shakli o‘zgartirilmaydi. Fazoviy transformatsiya esa 
radikal vosita hisoblanib, u yordamida zallarning nafaqat shakli va hajmini, 
shuningdek sonini ham o‘zgartirish mumkin. Natijada, har bir o‘tkaziladigan tadbir 
uchun zarur hajm va shaklga ega zalga ega bo‘lish hamda inshootdan foydalanish 
samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Sahna qoshida texnologik 
ta’minot xonalari: yon tomondagi devorlarni yoritish lojalari: zal tepasiga olib 
chiqiladigan sofitlar saqlanadigan xonalar (tomosha zali tepasida), chiroq 
proektorlari, chiroq apparatlari xonalari (tomosha zalining orqa devori ortida): 
frontal yoritish chiroqlari uchun xona (frontal yoritish lojasi), ovoz apparaturasi 
o‘rnatilgan xona, diktorlar va tarjimonlar kabinalari, ovoz operatori lojasi (tomosha 
zalining orqa devori ortida yoki tomosha zali tarafdan shu devor yonida); 
rirproeksiya xonasi (sahna yoki arersahna ortida); tiristor xonasi (sahna yaqinida). 


229 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin