15.5. Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo‘yilgan talablar.
Muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi
Vestibyul
muzeyning
me’moriy
tuzilmasi
boshlanadigan
muhim
kommunikatsion uzel hisoblanib, aynan shu erda tomosha marshrutlari boshlanadi va
yakunlanadi. Tashrif buyuruvchilar mana shu erda muzey to‘g‘risidagi birinchi
taassurotlarga ega bo‘ladilar. Ta’kidlash lozimki, muzey binosi yoki kompleksining
kirish guruhi bir vaqtning o‘zida ham ommaviy (rejali ekskursiyalar), ham yakka
tartibdagi tashriflar uchun xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Shu
sababdan vestibyul funksional va rejaviy jihatdan o‘z tarkibida quyidagilarga ega
bo‘lishi zarur: garderobxona, ekskursiya guruhlari va yakka tartibda tashrif
buyuruvchilar to‘planadigan joy, axborot xizmatlari ko‘rsatiladigan xona, dam olish
va nazorat xonalari, chipta sotiladigan kassalar, bufet va ktalog, kitob, esdalik
sovg‘alari sotiladigan savdo shaxobchalari, sanitariya bloklari. Vestibyulda navbatchi
ekskursvodlar uchun alohida xonani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Vestibyuldan ekspozitsiya zallari, ko‘rgazma va kino zallariga, ma’muriyat xonalari
va to‘garak xonalariga qulay o‘tish yo‘llari tashkil etilishi lozim. Muzeylarda, odatda,
tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan bosh vestibyuldan tashqari xodimlar uchun
ham xizmat vetibyuli loyihalashtiriladi. Vestibyul guruhining o‘lchamlari muzeyning
bir vaqtning o‘zida qancha tashrif buyuruvchi sig‘dira olishiga (ularning maksimal
soniga) bog‘liq qabul qilinadi. Odatda, bu ko‘rsatkich bir kundagi tashrif
buyuruvchilarning 1/5 qismini tashkil qiladi. Agar vestibyul bir vaqtning o‘zida
faoliyatning boshqa turlari uchun ham xizmat qilsa, undagi xonalar maydoni ham
kattalashtirilishi lozim.
Vestibyul va garderob maydoni quyidagicha qabul qilinadi, m
2
:
bitta tashrif buyuruvchi uchun garderob maydoni
- 0,08
bitta sumka yoki portfel saqlash uchun
- 0,04
248
bitta tashrif buyuruvchi uchun vestibyul maydoni - 0,2-0,4
Garderob
, odatda, binoga kirishning bosh eshigi sathida, vestibyul va zallar,
kommunikatsiya uzellari, zinapoyalar, liftlar (ekspozitsiya ko‘p qavatli tuzilmaga
ega bo‘lgan holatlarda) o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzmaydigan tarzda joylashtiriladi.
Nazorat
xonasi
vestibyulni
ikkita:
nazoratgacha
va
nazoratdan
keyingizonalarga ajratadi. Nazoratgacha bo‘lgan zonada garderob, kassalar,
axborot xizmatlari, kiosk yoki do‘konlari, chekish xonalari va sanitariya bloklari
bo‘lgan taqsimlovchi garderob, nazoratdan keyingi zonada esa – muzeyning asosiy
xonalari: ko‘rgazma va ekspozitsiya zallari, fondlar saqlanadigan xonalar,
laboratoriyalar va ustaxonalarga kirish yo‘llari joylashtiriladi. Katta bo‘lmagan
muzeylarda kassa, kiosk va nazorat birlashtirilishlari mumkin. Vestibyulda,
shuningdek, qo‘riqlash postlari, jumladan o‘t o‘chirish postlari ham lohilashtiriladi.
Yirik muzeylarda tibbiy punktlar ko‘zda tutiladi. Tashrif buyuruvchilar va muzey
xodimlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bufet bino vestibyuli bilan eng
qisqa bog‘lanishga va yuk tushirib olish uchun qulay maydonchaga ega bo‘lishi
kerak. Bufet xonalari tarkibiga ovqatlanish zali (taom tarqatish peshtaxtasi bilan),
yordamchi xona va idish-tovoq yuvish xonasi kirishi lozim.
|