253
Zalda, kinoproeksiya
qurilmalaridan tashqari, eksponatlarni namoyish qilish
uchun kichikroq sahna,
doska va kartinalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalarni osish
uchun moslama, diapozitiv va videofilmlarni namoyish qilish uchun sharoitlar
yaratilgan bo‘lishi zarur.
Ma’muriy, ishchi, yordamchi xonalar, kutubxona.
Bu xonalar guruhi doimiy ekspozitsiya zonasidan
alohida joylashtirilishi va
alohida xizmat kirish eshigi va vestibyulga ega bo‘lishi lozim.
To‘garaklar va studiya xonalari
turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, ularda turli guruhlar ishlashi uchun tezkor o‘zgartishlarni
bajarish imkoniyatlari ko‘zda tutilishi lozim. Muzey to‘garaklari va studiyalarining
ishi muzey fondlari materiallari va muzey laboratoriyalari
texnologiyalarini
o‘rganishga asoslangan. Bu holat to‘garak xonalari aynan muzey fondlari va
laboratoriyalari yonida joylashishini shartlamaydi, aksincha, bu xonalarda odamlar
ko‘p yig‘ilishi, shu sababdan shovqin darajasi ortgani sababli, ularni imkon qadar
alohida joylashtirish lozim.
Ishchi xonalar
– bu muzey ma’muriyati va xodimlar uchun ajratilgan kabinet
va xonalar bo‘lib, ular, aksariyat hollarda, bosh va xizmat
kirish eshiklari yonida
joylashtiriladi. Ilmiy xodimlarning ishchi xonalari bir joyda jamlanishi yoki asosiy
ish olib borilayotgan bo‘limlar yoniga joylashtirilishi mumkin.
Muzeyning
ilmiy kutubxonasida
nafaqat joriy ilmiy adabiyotlar,
balki
kolletsiyalar tarkibiga kiruvchi nodir nashrlar ham saqlanadi. Kutubxona, asosan,
muzey xodimlariga xizmat ko‘rsatadi. Ilmiy ishlarni yuritish uchun kutubxona
yonida maxsus xonalar ajratiladi. Ilmiy ishlar uchun mo‘ljallangan
xonalar
maydoni bitta ilmiy xodim uchun 4,5 m
2
va bo‘lim yoki sektor rahbari uchun 9 m
2
qilib qabul qilinadi.
Kutubxona o‘z fondlarini muzey spetsifikasiga muvofiq shakllantiradi, muzey
xodimlari va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Aytish lozimki, zamonaviy
muzeylardagi ilmiy kutubxonalarning funksiyalari quyidagi ikki parametr:
254
-
axborot saqlashning zamonaviy vositalari ilmiy kutubxonada kompyuter
zallari bo‘lishini, jumladan Internet tarmog‘idan erkin foydalanish
imkoniyatlari mavjudligi;
-
ilmiy kutubxona o‘zining alohida qismlarida
tashrif buyuruvchilar
foydalanilishiga ham mo‘ljallanganligihisobiga sezilarli darajada kengaygan.
Dostları ilə paylaş: