258
XVI-BOB.UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARINING BINOLARI
16.1. Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi
Umumiy ovqatlanish korxonalari:
- ovqatlanish korxonalari uchun maxsus mo‘ljallangan
alohida binolarida
(sig‘imi 100 va undan ko‘p bo‘lgan);
- jamoat va savdo markazlari, bozor komplekslari va vokzallar tarkibida;
- turar-joy va jamoat binolari tarkibida yoki ularga qo‘shib qurilgan, shu
jumladan yer ostidagi maxsus majmualar tarkibida loyihalashtirilishi mumkin.
Ovqatlanish korxonalari xom ashyoni qayta ishlash va mahsulot tayyorlash
bo‘yicha to‘liq texnologik siklga ega korxonalar yoki
mahsulot tayyorlashning
so‘nggi bosqichini bajarishga ixtisoslashgan korxonalar bo‘lishi mumkin. Birinchi
korxonalar qatoriga xom ashyoni to‘liq qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab
chiqarishga va mahsulot tayyorlashning so‘nggi bosqichini
bajaruvchi boshqa
ovqatlanish korxonalariga xizmat ko‘rsatish hamda kulinariya do‘konlarini o‘z
mahsuloti bilan ta’minlashga ixtisoslashgan restoran va oshxonalar kiradi. Ikkinchi
korxonalar sirasiga yarim fabrikatlar va tayyorlanishning yuqori darajasiga ega
mahsulotlardan taomlar tayyorlaydigan kafe, emakxona, tezkor xizmat ko‘rsatish
korxonalari kiradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ko‘rilayotgan
barcha
turlari shakli va xizmat ko‘rsatish usullariga ko‘ra ikkita asosiy guruhga, ya’ni
xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishni
ofitsiantlar orqali
amalga oshiruvchi va
o‘ziga
o‘zi xizmat ko‘rsatish prinsipiga
asosan faoliyat yurituvchi korxonalarga bo‘linadi.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat
ovqatlanish korxonalari, muvofiq
ijtimoiy-iqtisodiy asoslanishlarga va ichki hajm, intererning
badiiy-kompozitsion
yechimlariga, texnik jihozlanishi hamda ishlash rejimiga asoslangan holda,
o‘zlarining asosiy funksiyalarini hordiq chiqarish va ko‘ngilochar funksiyalar bilan
birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
O‘rinlar soni 300 tadan ko‘p bo‘lgan va umumshahar ahamiyatiga ega
umumiy ovqatlanish korxonalarni joylashtirish bo‘yicha shaharsozlikka oid o‘ziga
xos
jihatlarni, shuningdek aholining mehnat va madaniy-maishiy aloqalarini,
259
xo‘randalar kontingenti, jumladan kurort zonalar uchun o‘rinlar sonini mavsumiy
oshirilishini hisobga olib turib, maxsus dastur-topshiriqlar bo‘yicha loyihalashtirish
tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: