Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova
16.2. Umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirishga qo‘yilgan talablar Ovqatlanish korxonalarining yer uchastkasi ikkita aniq zonaga bo‘linadi:
xo‘rrandalar uchun zona (xo‘rrandalar dam olishi va yozgi mavsum vaqtida ochiq
havoda ovqatlanish uchun qo‘shimcha o‘rinlarni tashkil etilishi ham nazarda
tutiladi) va
xo‘jalik zonasi. Bunda xo‘jalik hovlisi yuk avtomobillari uchun kirish
yo‘llariga hamda binoning omborxonalariga yondosh bo‘lgan yuk tushirish
maydonchasiga, shuningdek chiqindi yig‘iladigan maydonchaga va xodimlar dam
oladigan zonaga, xususiy avtotransport turadigan joylarga ega bo‘lishi kerak.
Qishloq joylardagi ovqatlanish korxonalarining xo‘jalik hovlisida qattiq yoqilg‘i
saqlanadigan zona (ombor) ham ko‘zda tutilishi lozim. Turar-joy binolari
tarkibidagi yoki ularga qo‘shib qurilgan umumiy ovqatlanish korxonalarining
xo‘jalik zonasi va yuk tushirish maydonchalarini ushbu binolarning deraza va
eshiklari bo‘lmagan qisqa yon tomonlarida joylashtirish kerak. Uchastkada
avtomobillar turadigan joylar bo‘lishi ham ko‘zda tutilishi lozim. Avtomobillar
turadigan joylar va umumiy ovqatlanish korxonasi joylashgan bino o‘rtasidagi
masofa 150 metrdan oshmasligi kerak.
16.3. Hajmiy-rejali yechim Korxona (bino) tuzilmasidagi barcha asosiy funksional guruhlar aniq zonalanishi
va ishlab chiqarish yo‘laklari vositasida qulay funksional o‘zaro bog‘lanishga
(odamlar va yuklar oqimi yo‘nalishi bundan istisno) ega bo‘lishi kerak.
Bunda quyidagi ishlab chiqarish sikli amalga oshiriladi: yarim fabrikat va
xom ashyoni qabul qilish, issiqlik bilan qayta ishlash va taomlarni bezash,
mahsulotni sotish va xo‘randalarga xizmat ko‘rsatish.Bu siklga quyidagi xonalar
guruhlari muvofiq keladi: