16.1
-
jadval
Restoranlarda
1,8
Umumiy foydalanishdagi va oliy o‘quv muassasalaridagi oshxonalarda
1,6
Kafe, gazakxona va pivoxonalarda
1,4
Kafe-avtomat, tezkor xizmat ko‘rsatish korxonalari va alkogolsiz
ichimliklar barlarida
1,2
Bolalar sog‘lomlashtirish maskanlari (yozgi) va yuqori sinf
o‘quvchilarining sog‘lomlashtirish maskalarida
1,0
Sanatoriy turidagi bolalar sog‘lomlashtirish maskanlarida
1,4
Maktablar va maktab-internatlarda:
zaldagi o‘rinlar soni 80 tagacha bo‘lganida
zaldagi o‘rinlar soni 80 tadan ko‘p bo‘lganida
0,75
0,7
Kasb-hunar kollejlarida
0,8
O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida
1,3
Sanatoriylar, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish maskanlari
(pansionatlar)dam olish bazalari, yoshlar lagerlari, turistik bazalarda:
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda
1,8
ofitsiantlar xizmat ko‘rsatganida
1,4
268
Ishlab chiqarish xonalari.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadidaishlab chiqarish
xonalari guruhini yagona funksional zonada joylashtirish zarur. Ishlab chiqarish
sexlari, odatda, alohidaxonalarda joylashtiriladi. Shu bilan birga, o‘rinlar soni 50
tagcha bo‘lgan va yarim fabrikatlarda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish
sexlarini – issiq va sovuq taomlarni tayyorlash, taom tayyorlashning so‘nggi
bosqichi amalga oshiriladigan sexlarni bitta xonada,
sexlarga ajratmagan holda
joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday joylashtirish texnologik jarayon
o‘zgarganida zarur o‘zgartishlar va transformatsiya uchun keng imkoniyatlar
yaratadi. Sexlarning bino strukturasidagi joylashuvi mahsulotlarga ishlov berish
ketma-ketligini va funksional bog‘liqliklar davomiyligi minimal bo‘lishini,
texnologik hamda transport oqimlari o‘zaro kesishmasligini ta’minlaydi. Ishlab
chiqarish sexlari omborxonalar, shuningdek taom tarqatish zonalari va ovqatlanish
zali idish-tovoqlarini yuvish xonalari bilan eng yaqin bog‘liqlikda bo‘lishi zarur.
Issiq sexlar va idish-tovoq yuviladigan xonalar balandligini ularga yondosh
bo‘lgan ovqatlanish zallarining balandligidan past qilib va 3,6 metrdan baland qilib
loyihalashtirish tavsiya etilmaydi (ommaviy qurilish ob’yektlari uchun).
Ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan korxonalardagi taom tarqatish xonasining
joylashtirilishi issiq va sovuq sexlar, non kesish xonasi, serviz xonasi, idish-tovoq
yuvish xonasi va bufet bilan texnologik va eshik oraliqlari orqali bevosita
bog‘liqlikni ta’minlashi zarur. Agar ko‘rsatilgan xonalar taom tarqatish zonasining
bir tomonida joylashgan bo‘lsa, taom tarqatish xonasining eni kamida 2 metr, taom
tarqatish zonasining ikki va undan ko‘p tomonida joylashgan bo‘lsa – 3 metr qilib
loyihalashtiriladi. Xo‘randalarga xizmat ko‘rsatish ofisiantlar tomonidan
ko‘rsatilganida zaldagi har bir o‘rin uchun taomlarni berish fronti: issiq taomlar
tayyorlanadigan sexlar uchun – kamida 0,03 metr; sovuq taomlar tayyorlanadigan
sexlar uchun – kamida 0,015 metr va bufetlar uchun – kamida 0,01metr qilib qabul
qilinadi. Ovqatlanish zali, oshxona idish-tovoqlari, yarim fabrikatlar taralarini bitta
xonada yuvilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin; bunda yuvish joylari balandligi 1,6
metrdan kam bo‘lmagan to‘siqlar bilan ajratilishi lozim.
269
Zaldan va taom tarqatish konveyeridan yuvish xonasiga kirish erkin va qulay
tarzda tashkil qilinishi zarur. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yo‘li xo‘randalarning
asosiy oqimi bilan kesishmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |