264
16.3-rasm.
Milliy va zamonaviy uslublarning choyxona
va restoranlar
arxitekturasiga ta’siri (Toshkentdagi “Koʻk gumbaz” misolida).
266
Xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishni shakli va umumiy ovqatlanish
korxonasining tavsifi ovqatlanish zallarini loyihalashtirishdagi prinsipial
omillardan hisoblanadi. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish korxonalari (oshxona,
emakxona,
tezkor
xizmat
ko‘rsatishga ixtisoslashgan kafelar), odatda,
ovqatlanishdagi utilitar (tor doiradagi) ehtiyojlarni
qondirishga xizmat qiladilar;
xizmat ko‘rsatish ofitsiantlar yordamida amalga oshiriladigan ovqatlanish
korxonalari (restoran, bar, razryadli kafelar)da xo‘rrandalar tomonidan tanlangan
so‘rov va ehtiyojlar qondiriladi hamda ularni dam
olishi uchun ham muayyan
sharoitlar yaratilib beriladi. Xo‘randalarga xizmat ko‘rsatish ofitsiant orqali,
bufetchi yoki barmen orqali yoxud taom tarqatish peshtaxtalari va rastalari orqali
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish prinsipiga asoslangan
holda amalga oshirilishi
mumkin.
O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi ovqatlanish zallari tarkibiga
taomni olish
va
taomni tanovul qilish
zonalari kiradi.
Taomlar assortimenti
cheklangan yoki taomlarning kompleks to‘plamlarini taklif qiladigan tezkor xizmat
ko‘rsatish korxonalarida xizmat ko‘rsatish barmen orqali amalga oshirilishi
mumkin, ya’ni taomni olish zonasi taom tarqatish peshtaxtasi yonida shakllanadi.
Taomlar assortimenti kengaytirilgan korxonalarda (oshxona, kafe va hk.) taom
olish zonasi tarkibida patnis va ovqatlanish anjomlari, gazaklar,
birinchi va
ikkinchi taomlar uchun modullashtirilgan uskunalarning elementlari va shu kabilar
uchun mo‘ljallangan peshtaxtalar joylashtirilgan taom tarqatish liniyasi bo‘ylab
shakllanadi.
O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda taom tarqatish liniyalari (zonalari) ishlab
chiqarish xonalar guruhi (issiq taom tayyorlash sexi) va ovqatlanish zali o‘rtasida
bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradilar, ular
issiq sex bilan funksional
bog‘lanishga ega bo‘lib, ovqatlanish zali maydonida joylashtiriladilar. Issiq sex va
zal orasida joylashtiriladigan taom tarqatish liniyalari ustida, agar ular orasida
to‘siq bo‘lmasa, yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materialdan tayyorlangan va
balandligi shiftgacha bo‘lgan ekran o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Bu ekranning pastki
qismi poldan 2 metr balandlikda bo‘lishi lozim.
267
Taom tarqatish liniyalari ovqatlanish zalidan to‘siqlar,
dekorativ orayopmalar va
ekranlar, guldonlar vositasida ajratilishi lozim.
Texnologik tarqatish liniyasidan chegaralovchi ekranning to‘sig‘igacha
bo‘lgan masofa: xo‘randalar bir qator bo‘lib o‘tganida 0,9 m; xo‘randalar ikki
qator bo‘lib o‘tganida 1,2 m bo‘lishi kerak; texnologik tarqatish liniyasi orqasidagi
ishchi zona kengligi 1 metr qilib qabul qilinadi. Tarqatish liniyasiga kirayotgan va
undan chiqib ketayotgan xo‘randalar oqimi kesishmasligi zarur.
Restoran va kafelar zallarida uchta zonani ajratish mumkin: kirish,
ovqatlanish zali va estrada-raqsga tushish.
Ovqatlanish zalining (taom tarqatish zonasini hisobga olmaganda) maydoni
zaldagi bitta o‘rin hisobidan quyidagi jadvalda berilgan ko‘rsatkichlarga asosan
qabul qilinadi:
Dostları ilə paylaş: