Toshkent arxitektura qurilish instituti


Laboratoriya va ustaxonalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

Laboratoriya va ustaxonalar. 
Laboratoriyalar va ustaxonalar muzeyning normal faoliyatini ta’minlash 
uchun mo‘ljallangan. Ularning tarkibi ekspozitsiyaning turi va tusiga bog‘liq 
ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Muzeylarda, odatda, restavratsiya ustaxonasi, 
model va maket ustaxonalari, taksidermika laboratoriyasi, duradgorlik va 
chilangarlik ustaxonalari, fotolaboratoriya mavjud bo‘lib, eng murakkab va 
mas’uliyatli ishlar fondlar saqlanadigan xonalar bilan qulay bog‘langan 
restavratsiya ishlari bo‘yicha ustaxona-laboratoriyada bajariladi. 
Badiiy ustaxona yorug‘ va keng bo‘lib, derezalari shimol tomonda bo‘lishi 
zarur. Bu ustaxona muzeyning yopiq zonasida joylashtirilib, ekspozitsiya zallari, 
fotolaboratoriya, va, ayniqsa, asosiy ustaxona bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 
Asosiy ustaxonada ekspozitsiyalarni va fondlar saqlanadigan xonalarni jihozlash 
bo‘yicha muqovalash, duradgorlik, chilangarlik, elektrtexnik, bo‘yoqchilik va shu 
kabi barcha joriy ishlar bajariladi. 
 
15.6. Konstruktiv yechim 
Yangi konstruksiyalarni rivojlanishi muzeylarning me’moriy yechimlari 
to‘g‘risidagi tasavvurlarni ancha kengaytirishi asnosida zamonaviy muzeylar 
arxitekturasida turli fazoviy tuzilmalarning murakkab shakllari, xuddi an’anaviy 
sodda shakllar kabi, muhim va ahamiyatli o‘ringa ega bo‘lmoqdalar. 
Muzey binosining konstruktiv yechimi ikki yo‘nalishda, ya’ni faqat 
funksional ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan va ob’yektning me’moriy-
kompozitsion yechimidagi muhim element sifatidatalqin qilinishi mumkin. 
Birinchi holatda konstruktiv yechim kompleksning,birinchi navbatda, katta 
o‘lchamli bo‘shliqlar (atriumlar, ekspozitsiya va konsert zallari) qulay faoliyat 


255 
yuritishini ta’minlashga, shuningdek fondlar saqlanadigan xonalar kompleksining 
ishonchli va maqsadga muvofiq tarzda tashkil qilinishiga qaratiladi. Inshoot 
intererida erkin, bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda almashinib boradigan 
bo‘shliqlarni tashkil qilish uchun karkasli sxemadan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bu, modernizmga xos bo‘lgan yechim arxitekturani minimal xarajatlar 
bilan hal qilish imkoniyatini yaratish bilan birga boshqa yechimlardan (masalan, 
turli osma panellardan, o‘ziga xos bezaklarni qo‘llash va hk.) foydalanish uchun 
ham variantlarni taqdim etadi. Fermalardan foydalanish asta-sekin fazoviy 
qoplamalarni qo‘llash bilan almashtiriladi. Ikkita ulkan ramalar (bir qavat uchun) 
asosida bajarilgan orayopma qavatlararo bo‘shliqni yordamchi xonalar va 
omborxonalarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Katta oraliqli fazoviy 
konstruksiyalarning ishlatilishi tayanchsiz bo‘shliqlarni yopishda ish beradi, bunda 
ular binoga ham interer, ham tashqi qiyofa nuqtai nazarida o‘ziga xos ifodalilik va 
ma’no beradilar. XX asrda fazoviy qoplamalarning barcha turlaridan 
foydalanilgan: bir tomonlama va ikki tomonlama egrilikka ega qobiqlar (giparlar 
ko‘rinishidagi), qubba va gumbazlarning barcha turlari, burma va qat-qat 
qoplamalar, pnevmatik va havo ko‘taruvchi qobiqlar, shuningdek murakkab 
yig‘ma konstruksiyalar.Bugungi kundagi amaliyotda tomosha zallari bo‘shliqlarini 
yopish maqsadida fazoviy shakllar ko‘p qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin