122
VI-BOB. JAMOAT BINOLARINING GURUHLARI.
JAMOAT BINOLARINING TIPOLOGIK YECHIMLARI VA
SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY OMILLAR
6.1. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi
Jamoat vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va
xonalar quyidagi guruhlarga
ajratiladi.
1. Ta’lim-tarbiya vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar.
1.1. Ta’lim va kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan muassasalar:
- maktabgacha ta’lim muassasalari;
- umumta’lim muassasalari: maktab, gimnaziya, lisey, kollejlar;
- kasb-hunar (boshlang‘ich, o‘rta, oliy va diplom oldi) ta’lim muassasalari.
1.2. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (maktab o‘quvchilari
va yoshlar
uchun).
1.3. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (aeroklub, avtomaktab, mudofaa ta’lim
muassasalari va sh.k.).
6.1
-
rasm.
Musiqa maktabi binosi (Rossiya Federatsiyasi).
123
2. Sog‘liqni saqlash va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish binolari va
xonalari.
2.1. Sog‘liqni saqlash muassasalari:
- statsionar bo‘linmali davolash muassasalari, tibbiy markazlar va sh.k.
- ambulatoriya-poliklinika va tibbiy-sog‘lomlashtirish muassasalari;
- dorixonalar, sut oshxonalari, qon quyish stansiyalari va boshqalar;
- tibbiy-reabilitatsiya va korreksiya muassasalari (shu
jumladan bolalar uchun
ham).
2.2. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari:
- statsionari bo‘lmagan muassasalar;
- statsionari bor muassasalar, shu jumladan bolalar uchun vasiylik muassasalari.
6.2
-
rasm.
Poliklinika binosi (Rossiya Federatsiyasi).
3. Aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish binolari va xonalari.
3.1. Chakana va mayda ulgurji savdo korxonalari.
3.2. Umumiy ovqatlanish korxonalari.
124
3.3. Aholiga maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi
noishlab chiqarish
korxonalari:
- aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan kommunal xo‘jalik
muassasalari;
- fuqarolik marosimlari muassasalari.
3.4. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan aloqa muassasalari
va korxonalari.
3.5. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan
transport
muassasalari:
- transportning barcha turlari uchun vokzallari;
- yo‘lovchilarga (shu jumladan turistlarga ham) xizmat ko‘rsatish muassasalari.
3.6. Sanitariya-maishiy vazifalar uchun mo‘ljallangan inshoot, bino va xonalar.
3.7. Veterinariya muassasalari.
Dostları ilə paylaş: