Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
7.7. Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi 
Binolarnng qurilishi industrial metodlar bilan, ya’ni industrial opalubkada 
tayyorlangan yig‘ma elementlar yoki monolit konstruksiyalar qurilish maydonchasida 
olib boriladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda loyihalashtirishda binolar va 
ularning elementlari parametrlari maksimal darajada unifikatsiyalashgan bo‘lishi 
lozim. 


149 
Unifikatsiya
– binolar va ularning elementlari parametrlari miqdorini ular 
orasidagi funksionallik nuqtai nazaridan asoslanmagan farqlanishlarni ilmiy 
asoslangan yo‘l bilan qisqartirilishi. Unifikatsiya bir tipdagi buyumlarni – blok, 
orayopma plitalalari, yig‘ma kashaklar, shuningdek deraza va eshik bloklari, deraza 
tokchalari taxtalari va shu kabilarni turli vazifalar uchun mo‘ljallangan binolarda 
qo‘llash imkonini beradi. 
Buyumlarni geometrik o‘lchamlari unifikatsiyasining asosi bo‘lib qurilishdagi 
o‘lchamlarning modulli koordinatsiyasi xizmat qiladi. 
Modul
- o‘lchamlar 
koordinatsiyasi maqsadida qabul qilingan shartli birlik. Asosiy modul qilib 
100 mm ga teng uzunlik qabul qilingan bo‘lib, binoning barcha o‘lchamlari shu 
modulning karralik miqdorlarida belgilanadi. Yiriklashtirilgan modul asosiy 
modulning butun songa ko‘paytirilgan kattaliliga teng bo‘lib, yiriklashtirilgan 
modullarning 300 mm, 600 mm, 1200 mm, 1500 mm, 3000 mm va 6000 mm ga teng 
amaliyotda qo‘llanishi uchun qulay qatori belgilangan. Yiriklashtirilgan modullar 
asosiy 
me’moriy-rejali parametrlarning – orayopmalar oraliqlari, devorlararo 
qadamlar, qavatlar balandligi, oraliqlar kattaligi va shu kabilarning o‘lchamlarini 
belgilashda ishlatiladi. Keng miqyosda qo‘llash uchun eng takomil va iqtisodiy nuqtai 
nazardan samarali bo‘lgan konstruktiv elementlarni tanlash maqsadida ularning 
turlariga qarab guruhlash, ya’ni 
tipiklashtirish
usulidan foydalaniladi. 
Bino va inshootlar elementlarini unifikatsiyalashtirish, standartlashtirish va 
tikilashtirish asosida katalog, davlat standartlari, rejalashtirish elementlarining 
normallari kabi bir qator hujjatlar tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin